Kontent qismiga oʻtish

Uzoqni oʻlchagich

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Uzoqni oʻlchagich – bir obyekt (punkt) bilan ikkinchi obyekt (punkt) orasidagi masofani oʻlchash uchun moʻljallangan asbob. Ish tamoyiliga koʻra, geometrik va fizikaviy turlarga boʻlinadi. Geometrik Uzoqni oʻlchagichda oʻlchash teng yonli uchburchak (ABC) ning balandligi (I) ni oʻlchashga asoslanadi. Buning uchun uchburchakning AV tomoni (baza) uzunligi (/), shu tomon qarshisida yotgan burchak (rh radian) maʼlum boʻlishi lozim (h=l/$). Bu qiymatlardan biri (/ yoki (3) oʻzgarmas yoki oʻzgaruvchan (oʻlchanadigan) boʻladi. Shu alomati boʻyicha Uzoqni oʻlchagich oʻzgarmas burchakli yoki oʻzgarmas bazali turlarga boʻlinadi.

Obʼyektni kuzatish zonasida ikkita parallel tola boʻlgan kuzatuv trubasidan iborat tolali U.oʻ.da burchak oʻzgarmas hisoblanadi. Koʻpchilik geodeziya asboblari (nivelirlar, teodolitlar va boshqalar) tolali Uzoqni oʻlchagich bilan taʼminlangan. Ancha murakkab optik U.oʻ.lar xususiy oʻzgarmas bazaga ega boʻladi. Ular 2 guruhga: monokulyar va binokulyar (stereoskopik) guruhlarga boʻlinadi.

Fizikaviy U.oʻ.ning yorugʻlik, radio va akustik turlari bor. Ularning ishi yorugʻlik, tovush yoki akustik signallarning obyektga boribqaytishi uchun sarflangan vaqtni oʻlchab masofani aniklashga asoslangan. Bunda yorugʻlik va tovush tezligi oʻzgarmas hisoblanadi. Bunday U.oʻ.lar kosmonavtikada, okean va dengizlar tubida masofalarni oʻlchashda ham qoʻllanadi. Masalan, „Lunoxod1“ ga lazerli yorugʻlik U.oʻ. oʻrnatilgan (1970). U Oygacha boʻlgan masofa (385000 km) ni bir necha metr aniqlikda oʻlchashga imkon bergan. „Venera7“ sayyoralararo avtomatik st-yasining parvozi paytida (1970) Yer bilan Venera orasidagi masofa (60 mln. km dan uzok.) 1 km aniqlikda oʻlchangan.

1. Geometrik uzokni oʻlchagich sxemasi: AV – baʼza, /}— parallaktik burchak; h – oʻlchanadigan masofa. 2. Monokulyar uzoqni oʻlchagich; V{ va V2 – qaytargichlar; O va O2 – tasvir hosil qiladigan optik tizimlar; S – maxsus qaytargich (prizma); Gʻ— fokal tekislik; Ok— okulyar; a va 6— okulyarda koʻrinadigan tasvirlar.

U.oʻ. muhandislik geodeziyasida (temir yoʻl qurilishida, gidroinshootlar qurishda, elektr uzatish liniyalari oʻtkazish va boshqalarda), topografik sʼyomkalarda, harbiy ishda (nishongacha masofani oʻlchashda), navigatsiyada, astronomik tadqiqotlarda, fotografiyada, kosmonavtika va okeanshunoslikda keng qoʻllanadi.