VHEMT

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
VHEMT ramzi.

VHEMT ("vehement" deb talaffuz qilinadi[1]), yoyilmasi Voluntary Human Extinction Movement - inglizchadan Insoniyatni Yoʻqotish Koʻngillilar Harakati deb tarjima qilinadi, insoniyatni butkul yoʻq qilishga daʼvat etuvchi harakatdir.

Asosiy gʻoyalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

VHEMT ortida tugan asosiy gʻoya Yer sayyorasi odamlar taʼsirida barbod boʻlmoqda, sayyora odamlarsiz ekologik muvozanatga keladi, degan ishonchdir; yechim tariqasida odamlar koʻpayishini toʻxtatish fikri ilgari suriladi.[2] Biroq harakat aʼzolari birovni oʻldirish, yoki xudkushlik qilishni taklif etishmaydi[3]. Bu ularning "Koʻp yashaylik va oʻlib bitaylik" degan shiorida aks etgan[4].

Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

VHEMT asoschisi va rahbari (Wayback Machine saytida 2007-07-16 sanasida arxivlangan) sifatida Les U. Knight ismli shaxs koʻrsatiladi; u shiningdek VHEMT.org saytiga egalik ham qiladi.

Qoʻllab-quvvatlovchilar[tahrir | manbasini tahrirlash]

VHEMT oʻz qoʻllab-quvvatlovchilarini ikki guruhga boʻladi:

  • "Koʻngillilar" - VHEMT gʻoyasiga sodiq qolib, (boshqa) bola koʻrmaslikka ahd qilganlar.
  • "Qoʻllovchilar" - odamzotni butkul qirishga qarshi, lekin aholi oʻsishi surʼatlarini pasaytirishga rozilar.

VHEMT harakati qoʻllab-quvvatlovchilarini ushbu ikki guruhdan qaysi biriga oid ekanligini aytishga majburlamaydi.[5]

Tanqid[tahrir | manbasini tahrirlash]

VHEMT'ni tanqid qiluvchilar uning oʻz gʻoyalarini faqat Internet orqali, yaʼni asosan rivojlangan mamlakatlarda yashovchilarga yetkazishlarini taʼkidlashadi. Vaholanki, bunday mamlakatlarda tugʻilish surʼati shundoq ham sust, koʻp bola koʻradiganlar odatda qoloq mamlakatlarda yashab, internetga ulanishga imkonsizdirlar. Biroq, VHEMT'ga koʻra [manba kerak], rivojlangan mamlakatlar dunyo resurslarini koʻproq isteʼmol qilishadi.

Yana bir tanqid shunday deydi: odamlar ham Yer biosferasining qismidirlar, shuning uchun ularni ham himoyalash kerak. Odamlarni yoʻqotish Yerga zarar keltirish demaktir, deyishadi tanqidchilar.

Boshqa bir tanqid odamlar Yer sayyorasiga VHEMT koʻrsatadigan darajada zarar keltirishmasligini taʼkidlaydi.

Shuningdek[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilovalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. http://www.vhemt.org/aboutvhemt.htm
  2. arxiv nusxasi, 2008-05-09da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2007-08-15
  3. http://www.vhemt.org/death.htm
  4. http://www.vhemt.org/
  5. VHEMT'ga qanday qilib qoʻshilsa boʻladi