Vadim Burigin
Qiyofa
Vadim Anatolyevich Burigin (1910.9.5, Olmaota — 1985, Toshkent) — botanik, ekolog, oʻtloqshunos. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1964), biologiya fanlari doktori (1953), professor (1956). Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi vazirligi lubkorlik tajriba stansiyasida direktor oʻrinbosari va direktor (1933—39), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Botanika institutida boʻlim mudiri (1945—56), Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti botanika kafedrasi mudiri (1956-yildan). Urush qatnashchisi. Burigin gʻoʻza, kanop va boshqa tolali oʻsimliklarning yovvoyi turlari ekologiyasi, Oʻzbekistondagi choʻl va adirlarni unumdor qilish, yemxashak bazasini koʻpaytirish sohasida tadqiqot olib borgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |