Kontent qismiga oʻtish

Vagranka

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vagranka — shaxtali pech. Quyish sexlarida choʻyan (baʼzan, rangli metall) eritiladi. V. silindrik shaklda bo'lib, ichki devori o'tga chidamli shamot gʻishtdan 150—250 mm qalinlikda teriladi. Pechning sirtqi yuzasi qalinligi 6— 10 mm pulat list bilan qoplanadi. V. da asosan eritish koksi yoqiladi. V. ning ish unumdorligi 1—60 t/soat. Baʼzan, havoni isitish uchun V. rekuperator (pechdan chiqib ketayotgan gazlar issikligidan foydalaniladigan qurilma) bilan jihozlanadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil