Vahdati vujud
Qiyofa
Vahdat ul-vujud (arab. - jismoniy birlik) — abadiy yagona Allohgina bor deb hisoblovchi panteistik (qarang Panteizm) taʼlimot. Bu taʼlimotga koʻra, jismoniy olam, predmetlar dunyosi haqiqiy emas, haqiqat faqat Allohda mujassamlangan, moddiy olam Allohning nuri, shulasi. Vahdat ul-vujud gʻoyasining namoyandalari (Ibn Arabiy, Mansur Xalloj va b.) xudo butun borliqni yaratib turadi, deb hisoblaganlar. Vahdat ul-vujud gʻoyasi ayniqsa 17—19–asrlarda Hindiston va Turkistonda tasavvufning keng tarqalishiga sabab boʻldi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |