Vakillik
Vakillik — bir shaxsning boshqa shaxs nomidan yuridik harakatlarni amalga oshirishi. V. asosan bir shaxs (vakil)ning vakolat boʻyicha tuzgan bitimi; vakolat beruvchiga nisbatan fuqarolik huquq va majburiyatlarini bevosita vujudga keltiradi, oʻzgartiradi va bekor qiladi. Mazkur vakolat ishonchnoma, qonun, sud qarori yoki vakil qilingan davlat organining hujjatiga asoslangan boʻlishi kerak. Fuqarolar fuqarolarga, yuridik shaxslarga V. qilishlari mumkin. Yuridik shaxs faqat oʻz ustavida koʻzda tutilgan hollardagina yoki faoliyat harakteriga muvofiq boʻlgandagina fuqarolar yoki yuridik shaxslarning vakili boʻlishi, muomalaga layoqatli shaxslar oʻzlari tanlagan vakillar orqali bitim tuzishlari mumkin. Bitim oʻz harakteriga koʻra fakat shaxsan tuzilishi mumkin boʻlgan hollar, shuningdek qonunda koʻrsatilgan hollar bundan mustasno. Muomalaga layoqatsiz fuqarolar nomidan bitimni ularning ota-onalari, farzandlikka oluvchilari va vasiylari tuzadi (OʻzR FK, 129—131-moddalar).Muomalaga layoqatli shaxslar o‘zlari tanlagan vakillar orqali bitimlar tuzishlari mumkin, bitim o‘z xarakteriga ko‘ra faqat shaxsan tuzilishi mumkin. Muomalaga layoqatsiz fuqarolar nomidan vakillikni ularning ota-onalari, farzandlikka oluvchilari va vasiylari tuzadilar.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |