Kontent qismiga oʻtish

Vakuumdagi elektromagnit toʻlqinlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Zaryadlar harakati oʻzgarishi bilan ular hosil qilgan elektromagnit maydonlar ham oʻzgaradi. Maydon oʻzgarishi shu maydonning gʻalayoni deb ataladi. Biror nuqtada paydo boʻlgan elektromagnit maydon gʻalayoni vaqt oʻtishi bilan atrof fazoga tarqaladi, yaʼni elektromagnit to'lqin hosil boʻladi.

Vakuum uchun Maksvell-Lorentz tenglamalari quyidagicha yoziladi:

Birinchi ifodani vaqt boʻyicha differensiallab, soʻngra (2) ifodadan foydalansak,

boʻladi. Endi (4) ifoda nazarga olinsa,

formula kelib chiqadi. Xuddi shunga oʻxshash tarzda

Vakuumdagi elektromagnit maydon kuchlanganliklari boʻysungan soʻnggi tenglamalar toʻlqin tenglamalar deb ataladi.

Vakuumdagi elektromagnit maydon faqat oʻzgaruvchan maydondir. Agar vakuumdagi elektromagnit maydon oʻzgarmas, yaʼni

boʻlganda, (1) va (2) ifodalardan koʻrinib turibdiki,

boʻladi. Demak, va , chunki har qanday vektor oʻzining uyurmasi va divergensiyasi bilan aniqlanadi; Yuqoridagilardan quyidagicha xulosa qilish mumkin:

Modomiki, tekshirilayotgan kuchlanganliklarning uyurmalari bilan divergensiyalari nolga teng ekan, demak, ularning oʻzlari nolga tengdir, yaʼni vakuumdagi elektromagnit maydon oʻzgarmas boʻlishi mumkin emas

  • R.X.Mallin, Klassik elektrodinamika, Oʻqituvchi, T., 1974