Valentin Rasputin
Valentin Grigoryevich Rasputin (1937.15.3, Irkutsk viloyati UstUda qishlogʻi — 2015.14.3, Moskva) — rus yozuvchisi. Irkutsk universitetining tarixfilol. fakultetini tugatgan (1959). Dastlabki hikoyalar toʻplami — "Leshkadan soʻrashni unitibman" (1961). "Narigi dunyoning odami" (1965), "Ayiq terisi sotiladi", "Osmonga yaqin oʻlka", "Yangi shaharlardagi gulxanlar" (1966), "Vasiliy va Vasilisa" (1967) singari hikoya va ocherklar toʻplamlari muallifi. "Mariya uchun pullar" (1967), "Soʻnggi muddat" (1970), ayniqsa, "Yasha va yodda tut" (1974) qissalari rus adabiyotida oʻziga xos oʻrin tutgan. U ijodining dastlabki davrida taygada yashovchi kishilarga xos romantikani tasvirlashga, ular irodasini va tabiat bilan uygʻunligini koʻrsatishga koʻproq moyil boʻlgan boʻlsa, keyinchalik kuchli kishilar harakterini yaratish, ularning murakkab ruhiy olamini, ular bilan jamiyat oʻrtasidagi ziddiyatlarni ochish, ularning jamiyat va tabiat bilan kurashdagi matonatini koʻrsatishga intilgan. R.ning "Matyora bilan vidolashuv" (1976) va "Yongʻin" (1985) asarlari yangi rus nasri taraqqiyotida muhim voqea boʻldi. R.ning soʻnggi asarlari oʻzbek tiliga tarjima etilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Izbrannie proizvedeniya, t. 1—2, M., 1984-85.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |