Valentina Kozlovskaya
Valentina Kozlovskaya | |
---|---|
Kozlovskaya 1996-yilda | |
Toʻliq ismi | Valentina Yakovlevna Kozlovskaya |
Mamlakat | Sovet Ittifoqi→ Rossiya |
Tugʻilishi |
18-aprel 1938-yil Yessentuki, Sovet Ittifoqi |
Saravha | Ayol grossmeyster |
FIDE reyting | [1] (fevral 2024) |
Yuqori reytingi | 2315 (January 1975)[1] |
Valentina Yakovlevna Kozlovskaya (ruscha: Валенти́на Я́ковлевна Козло́вская; 1938-yil 18-aprelda tugʻilgan) rossiyalik shaxmatchi. U 1976-yilda FIDE tomonidan ayol grossmeyster (WGM) unvoniga sazovor boʻlgan.
Shaxmatdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Valentina Yakovlevna Kozlovskaya 1965-yilda shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Sovet Ittifoqi mamlakatlari orasida oʻtkazilgan chempionatda gʻolib boʻlgan. U 1966-yilda Gavanada boʻlib oʻtgan ayollar oʻ`rtasidagi shaxmat olimpiadasida gʻoliblikka erishgan Sovet Ittifoqi jamoasining aʼzolari safida edi.[2] Valentina Yakovlevna 1967-yilda ayol Kandidatlar turnirida ishtirok etib, ikkinchi oʻrinni egallaydi. Oʻsha yili Kiyevdagi ayollar oʻrtasidagi xalqaro turnirda ayollar oʻrtasida jahon chempioni Nona Gaprindashvilidan birozgina ortda qolib, ikkinchi oʻringa loyiq koʻriladi. 1973-yilda Kozlovskaya ayollar oʻrtasidagi hududlararo turnirda gʻalaba qozondi va keyingi yili u Irina Levitina bilan boʻlib oʻtgan yarim final uchrashuvida yutqazib qoʻydi. 1976-yilda Kozlovskaya RSFSR ayollar chempionatida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi va 1979-yilda u Lyudmila Saunina bilan bir xil natija koʻrsatib birgalikda birinchi oʻrinni egalladi. Kozlovskaya 1996-yilda ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida ham gʻolib boʻldi.[3] 2014-yilda esa u 65 yoshdan katta shaxmatchi ayollar toifasida Nona Gaprindashvilini ortda qoldirib, kattalar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida gʻolib sifatida etirof etildi.[4] Uning eng yuqori reyting balli 1975-yil yanvarda qayd etilgan boʻlib, 2315 ga teng.
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kozlovskaya — mutaxassisligi boʻyicha biokimyogar hisoblanadi. U grossmeyster Igor Bondarevskiy bilan oila qurgan va hozirgi kunda beva.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Valentina Kozlovskaya FIDE rating history, 1972-2001 at OlimpBase.org
- ↑ Soviet Union, Individual Record. Womenʼs Chess Olympiads, OlimpBase
- ↑ Crowther. „The Week in Chess 107“. The Week in Chess (25-noyabr 1996-yil). Qaraldi: 24-noyabr 2018-yil.
- ↑ 14th European Senior 65+ Ladies Chess Championship 2014. chess-results.com.