Valentina Tereshkova
Valentina Tereshkova | |
---|---|
Валенти́на Терешко́ва | |
Tavalludi |
6-Mart 1937-yil Yaroslavl viloyati, Maslennikovo qishlogʻi |
Fuqaroligi | SSSR → Rossiya |
Taʼlimi | Nikolay Jukovskiy Akademiyasi |
Partiyasi | Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi |
Turmush oʻrtogʻi |
1963 - 1962: Andriyan Nikolayev ? - 1999: Yuliy Shaposhnikov |
Valentina Vladimirovna Tereshkova (1937.6.3, Yaroslavl viloyati, Maslennikovo qishlogʻi) — rus kosmonavt-uchuvchisi (1963), jahonda 1 ayol kosmonavt. Nikolay Jukovskiy nomidagi Harbiy Havo muhandislik akademiyasini tugatgan (1969). 1963-yil 16–19 iyunda V.F. Bikovskiy bilan birga "Vostok" kosmik kemasida kosmosga parvoz qilgan. Yer atrofini 48 marta aylanib, 70 soat, 47 min. mobaynida 2 mln. km ga yaqin masofani uchib oʻtgan. Sobiq ittifoq ayollar qoʻmitasi raisi (1968–87). Xalqaro ayollar demokratik federatsiyasi vitseprezidenti (1969-yildan). Chet el mamlakatlari bilan madaniy aloqa va doʻstlik jamiyatlari ittifoqi prezidiumi raisi (1987–92). Rossiya Xalkaro ilmiy va madaniy hamkorlik markazi rahbari (1994-yildan).[1]
Ijtimoiy faoliyat
[tahrir | manbasini tahrirlash]2011 yilda u Yaroslavl mintaqaviy ro'yxati bo'yicha "Yagona Rossiya" partiyasidan Rossiya Davlat Dumasiga saylangan. Tereshkova Elena Mizulina, Irina Yarovaya va Andrey Skoch [2][3][4] bilan birga nasroniy qadriyatlarini himoya qilish bo'yicha fraksiyalararo deputatlik guruhining a'zosi; bu lavozimda u Rossiya Konstitutsiyasiga o'zgartirishlar kiritishni qo'llab-quvvatladi, unga ko'ra "Pravoslavlik Rossiyaning milliy va madaniy o'ziga xosligining asosidir". 2011 yil 21 dekabrdan Davlat Dumasining Federal tuzilma va mahalliy o'zini o'zi boshqarish qo'mitasi raisining o'rinbosari.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ „https://lenta.ru/tags/persons/skoch-andrey/“.
- ↑ „https://lenta.ru/tags/persons/skoch-andrey/“.
- ↑ „https://pg21.ru/page66932“.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |