Kontent qismiga oʻtish

Valentina Varshavskaya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Valentina Varshavskaya
Tavalludi 1920-yil 5-dekabr
Vafoti 2008-yil 16-yanvar
Murmansk, Rossiya
Fuqaroligi Rossiya
Kasbi Teatr akstrisasi
Faoliyat yillari 1940-yil 1978-yillar
Mukofotlari

Valentina Solomonovna (Semyonovna) Varshavskaya (1920-yil 5-dekabr, Yekaterinoslav, Yekaterinoslav viloyati, Ukraina SSR — 2008-yil 16-yanvar, Murmansk, Murmansk viloyati, Rossiya) — RSFSRda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, Fargʻona viloyati rus drama teatri aktrisasi. 1952-yildan 1978-yilgacha Murmansk viloyat qoʻgʻirchoq teatri direktori.

Tarjimayi holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Valentina Varshavskaya 1920-yil 5-dekabrda Ukraina respublikasining Yekaterinoslav shahrida (hozirgi Dnepr) tugʻilgan. Yoshligidan sanʼatga qiziqishi baland edi. Varshavskaya avval mahalliy maktabda, soʻng Yekaterinoslav shahridagi u musiqa va teatr texnikumida, undan keyin teatr studiyasining xoreografiya boʻlimini tamomlagan.

1940-yildan Dnepropetrovsk opera teatri truppasining aʼzosi boʻlgan, 1941-yildan boshlab ikkinchi jahon urushining soʻnggiga qadar 406-Nikopol koʻchma kasalxonasida hamshira boʻlib ishlagan. Urush tugaganidan soʻng yana oʻzining sevimli ishi bilan shugʻullanishni boshlaydi. 1945-yildan konsert-estrada byurosi artisti, 1948-yildan Fargʻona viloyat rus drama teatri aktrisasi sifatida faoliyatini davom ettirgan[1].

1949-yildan — musiqa boʻlimi boshligʻi, badiiy rahbar va 1952-yildan — Murmansk viloyat qoʻgʻirchoq teatri direktori[2]. 1950-yillarning oxirida uning rahbarligida teatr birinchi marta „Chyornaya melnitsa“ spektakli asosida faqat kattalar uchun spektaklni namoyish etdi. Spektakl tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi.

Valentina Varshavskaya 1970-yilda RSFSRda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi unvonini olgan.

1978-yilda nafaqaga chiqqan. U 2008-yil 16-yanvarda Murmanskda vafot etdi.

Oilali. Turmush oʻrtogʻi — Korneliy Aleksandrovich Bazderov, RSFSR xalq artisti.

1. „1941—1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi jasoratli mehnati uchun“ medali.

2. „Mehnat faxriysi“ medali.

3. RSFSRda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1970).

  1. „ВАРШАВСКАЯ Валентина Соломоновна“. lexicon.dobrohot.org. Qaraldi: 22-iyun 2023-yil.
  2. „Вспоминая пятидесятые“ (ru). www.kolanord.ru. 2021-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-sentyabr.
  •  Varshavskaya Valentina Solomonovna // Kolskaya ensiklopediya. V 5 t. T. 1. A — D / Gl. red. A. A. Kiselyov. — SPb. : IS ; Apatiti : KNTs RAN, 2008. — 600 s. : il., portr.
  •  VARShAVSKAYa_Valentina_Solomonovna // „Kolskiy Sever“. Ensiklopedicheskiy leksikon / Gl. red. A. S. Loxanov. — Murmansk : Dobroxot, 2013.
  • Kto est kto v kulture Murmanskoy oblasti. — Murmansk, 2001.
  • Strastnoy bulvar, 10 (jurnal Soyuza teatralnix deyateley). — 2005. — № 4.