Valeriy Loginov
Valeriy Aleksandrovich Loginov | |
Tugʻilgan sanasi: | 1955-yil yoki 1942-yil 13-dekabr |
Tugʻilgan joyi: | Syzran, Kuybishev viloyati, Rossiya SFSR, SSSR |
Unvoni: | grossmeyster (1991)
Xalqaro shaxmat ustasi (1989) SSSR sport ustasi (1978) |
Maksimal reytingi: | 2610 (1994-yil iyul) |
Hozirgi reytingi : | 2478 |
Valeriy Aleksandrovich Loginov (1955-yil 13-dekabr yoki 1942-yilda tugʻilgan, Syzran, Kuybishev viloyati) — rossiyalik shaxmatchi, grossmeyster (1991), murabbiy.
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Leningrad sellyuloza va qogʻoz sanoati texnologik institutini tamomlagan. 1978-yildan buyon SSSR sport ustasi sifatida faoliyat yuritadi.
Uch marta Oʻzbekiston SSR chempioni boʻlgan. Sankt-Peterburgda oʻtkazilgan koʻplab chempionatlarda qatnashgan, uch marta (2000, 2004 va 2005-yillarda) shahar chempioni boʻlgan. 1989-yildan xalqaro shaxmat ustasi, 1991-yilda grossmeyster unvonini olgan.
Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida ikki marta Butunjahon shaxmat olimpiadasida[1] qatnashgan, 1992-yilda kumush medal sovrindori boʻlgan. Xodjayev xotirasiga bagʻishlab oʻtkazilgan oʻyinda 2-oʻrinni egallagan (1980, 1983). Xalqaro musobaqalarda: Berlin (1988) - 1-3-oʻrinlar; Stara-Zagora „B“ (1989) - 1-2-oʻrinlar; Budapesht (1991) - 1-oʻrin; Sankt-Peterburgning „Oq tunlar“ festivalida (1999) - 1-oʻrinni egallagan. Budapeshtdagi „First Saturday“ seriyasidagi turnirlarda bir necha bor gʻolib boʻlgan.
Sankt-Peterburgning SDYUSSHOR shaxmat maktabining katta murabbiyi lavozimida ishlaydi. Sankt-Peterburg shaxmat federatsiyasi murabbiylar kengashi raisining oʻrinbosari.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „OlimpBase“. 2018-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 24-fevral.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Шахматы: энциклопедический словарь / гл. ред. А. Е. Карпов. — М.: Советская энциклопедия, 1990. — С. 609. — 621 с. — 100 000 экз. — ISBN 5-85270-005-3.