Kontent qismiga oʻtish

Valeryanovka (Qo'stanay viloyati)

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Valeryanovka (qozoqcha: ВалерьяновQozogʻistonning Qoʻstanay viloyati Taranov tumanidagi qishloq. Novoilyinovskiy qishloq okrugi tarkibiga kiradi. U tuman markazi — Taranovskoye qishlog'idan 28 km janubda joylashgan. KATO kodi - 396459400[1].

Valeryanovka qishlog'i 1900-yilda Qo'stanay tumanidagi Dambar qozoq ko'chmanchi volostida Tobol daryosining chap qirg'og'idagi Kur-Say traktida tashkil etilgan. Aholi punktiga 1905-yildan boshlab Rossiya imperiyasining janubiy viloyatlaridan kelgan muhojirlar joylasha boshlagan.

1904-yilda tashkil topgan Valeryanovka volosti 7 ta ko'chma posyolkalaridan iborat bo'lgan: Valeryanovskiy, Stepnoy, Proxorovskiy, Pridorojniy, Novoilinovskiy, Koziryovskiy, Uvalniy. 1910-yilda Oqsuatskiy (sobiq Oqsuatskiy quyi bo'limi), Bogorodskiy (sobiq Aqsuatskiy yuqori bo'limi), Yekaterininskiy (sobiq Makbalkulskiy) posyolkalari volost tarkibiga kiritilgan. 1911-yilda Danilovskiy (sobiq Sariblakskiy), Lisakovskiy (sobiq Dungurlyukskiy) va Karasorskiy yangi posyolkalari volost tarkibiga kirdi.

Valeryanovska qishlog'i 1907-yilda tashkil qilingan. Orenburg viloyati Verxneuralsk tumanining Nikolayevskiy qishlog'idan ko'chirilgan kasalxonasining borligi bilan mashhur. Tumandagi ushbu birinchi shifoxona 28 ta tuman ko‘chirma aholi punktiga hizmat ko‘rsatdi. 1925-yilda Valeryanovska volosti tarqatib yuborildi va markaz posyolkasida joylashgan kengaytirilgan Viktorovska volostiga birlashtirildi.

Valeryanovkada 1906 — 1907-yillarda Ivan Vasilevich Kolesnikov yozuvchi L. N. Tolstoy bilan bir davrda yashagan[2][3].

Valeryanovka 1915-yilda qurilgan okrug darajasidagi don elevatori va 1978-yilda Lisakovskiy shahar sut zavodining bir qismi bo'lgan qaymoq zavodi bilan mashhur edi.

1928-yilda "Komintern" nomli qishloq xo'jaligi arteli tashkil etildi.1951-yilda yiriklashtirilgan kolxoz tuzildi. Uning tarkibiga T. Shevchenko, Valeryanovskiy, Kozirevskiy va Qizil-Jar qishlog'i birlashtirgan.

1961-yilda qishloq Novo-Ilinovskiy sovxozi tarkibiga kirdi. 1997-yildan sovxoz tugatilishi munosabati bilan mustaqil qishloq sifatida ro'yxatga kiritildi.

1999-yilda qishloq aholisi 638 kishi (302 ta erkak va 336 ta ayol) bo'lgan[4]. 2009-yilgi aholini ro'yxatga olish ma'lumotlariga ko'ra, qishloqda 492 kishi (233 ta erkak va 259 ta ayol) yashagan[4].

  1. „База КАТО“. Агентство Республики Казахстан по статистике. 2013-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Переселенческие посёлки Валерьяновской волости Кустанайского уезда“. Костанай и костанайцы!. 2016-yil 16-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-iyul.
  3. „Дамбарская и Валерьяновская волости Кустанайского уезда“. Костанай и костанайцы!. 2016-yil 16-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-iyul.
  4. 4,0 4,1 „Итоги Национальной переписи населения Республики Казахстан 2009 года“. Агентство Республики Казахстан по статистике. 2013-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan.