Vamberi Amir temur shaxsi haqida.

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Herman  Vamberi o’z  kitobida  A.Temur shaxsi  haqida quydagicha  ma’lumotlar beradi.  O’zining vatandoshlari orasida hozirgacha tildan-tilga o’tib kelayotgan hikoyalarga qaraganda, Temur  o’rta  bo’yli, oqbadan  kishi bo’lib, zahmatli umrini  doimiy jangu jadallarda  o’tkazganiga  qaramay, umrining oxirgi daqiqalariga qadar  badanining qutini  saqlay olgan. Garchi  uning bir oyog’i  oqsasa-da,  urush paytida  bu  nuqson  uncha   sezilmas  edi. Uning  yangroq  ovozi jang  baqiriq  chaqiriqlaari ichida juda uzoqqa  eshitilardi. Faqat   Yoshi  70 ga yetganda  ko’zlari  ozroq hira  tortgan. U Samarqandda Ispaniya elchilarini  qabul   qilgan  vaqtda, ular  yaqin  kelgachgina  tanigan  edi. Uning   tarjimayi holini   yozgan  bir tarixchi, o’z   qahramonining  rasmini tavsiya  etganda,  hiyla aloqasizroq  eron  go’zalligini  namuna qilib  olgan.  Turk sohibqironining soqolini  uzun, yonog’ini  qizil,  o’zini oq  tanli  etib tasvirlagan.  U o’zining  uzoq  davom etgan  sohibqironlik  hayotida juda ko’p  yo’qotishlarga, nochorliklarga  chidagan  va doimo  spartaliklar  kabi soddaligiga  sodiq  qolgan. Uning tabiiy  sifatlaridagi  buyuk qirralar  shundan  iborat. A.Temur  shaxsini yoritishda  “Ajoyib al-maqdur”  tarixiy  manba sifatida  muhim  o’rin tutadi. Arabshox biografiyasida  Temur  tabiati tushunarli  bayon  qilingan. Arabshox  bu asarining  “Temurning  badoatli sifatlari  va  unga ato  qilingan  tug’ma hislatlari  va  tabiati haqida  bo’lim” qismida  Amir Temurning  shaxsini  quydadicha tasvirlaydi.  Temur  baland qadli, uzun  bo’yli, tik  qomatli, go’yo  u qadimiy  pahlavonlar avlodlaridan  bo’lib, keng peshonali,  katta  boshli, g’oyatda  kuchli va  salobatli, ajoyib  bo’lalik, rangi oqu qizil  yuzli, lekin dog’siz,  bug’doy  rang emas,  qo’l-oyoqlari  baquvvat, yelkalari  keng, barmoqlari  yo’g’on,  poychalari semiz, qaddi-qomati  kamoliga  yetgan,  sersoqol, ikki  ko’zi  bamisoli   ikki  sham bo’lsa-da, shodligi  bilinmas, yo’g’on  ovozli  edi.