Kontent qismiga oʻtish

Van Gogh avtoportreti (1889)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Van Gogh avtoportreti
: '

Vincent van Goghning asari
Joylashuvi Musée d'Orsay, Parij

Van Gogh avtoportret — bu postimpressionist rassom Vinsent van Goghning 1889-yilda chizilgan suratidir. Van Goghning soʻnggi avtoportretiga aylangan kartina oʻsha yilning sentyabrida, rassomning Fransiya janubidagi Sent-Remy-de-Provencni tark etishidan oldin chizilgan[1].

Rasmning chizilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu avtoportret Van Gogning oʻn yil davomida chizgan qirqga yaqin avtoportretlaridan biri boʻlib, uning rassomlik faoliyatidagi muhim asarlaridan biri hisoblanadi. Van Gogh naturalar uchun pul toʻlay olmagani uchun odatda oʻzini chizar edi. Van Gogh suratni Parijdagi Auvers-sur-Oisega olib borib, Dr. Paul Gachetga koʻrsatadi. Paul Gachet esa uni „Haddan tashqari fanatik“ deb baholaydi.

Bu rassomning so‘nggi avtoportretimi yoki aksincha uning soqolsiz avtoportreti soʻngisi ekanligi borasida sanʼatshunoslarning fikri ikkiga bo‘lingan. Ingo F Walter va Jan Hulsker bu avtoportretni oxirgisi deb bilishsa-da, Hulsker Van Gogh Arlesda oʻz qulogʻini kesib, kasalxonaga yotqizilganidan soʻng chizgan deb hisoblaydi. Ronald Picvansning fikricha, van Goghning soqolsiz avtoportreti keyinroq chizilgan[2].

Van Gogh suratni sanʼat asarlari sotuvchisi boʻlgan kichik ukasi Teoga yuboradi. Unga qoʻshib yuborilgan maktubida Van Gogh shunday deydi: „Sen suratni yaxshiroq oʻrganishing kerak. Oʻylashimcha, sen mening yuz ifodamdan doim sokinlik koʻrib kelgansan, lekin mening koʻzlarim avvalgidan koʻra ham koʻproq xavotirli yoki menga shunday tuyulyapti.“

1986-yilda suratni qo‘lga kiritgan Parijdagi Musee d’Orsey muzeyi: „Suratdagi kishining harakatsizligi, toʻlqinsimon sochlari soqollardan farq qiladi va bu oʻzgachalik suratning taʼsirchanligini oshirgan“, deb eʼtirof etadi.

  1. Walther 2000.
  2. Pickvance 1986.