Kontent qismiga oʻtish

Van vey

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Van Vey
Tavalludi 699
Vafoti 759
Sian
Ijod qilgan tillari Classical Chinese va Xitoy tili[1]
Fuqaroligi Tan


Van Vey, Mo-sze 摩詰 (699 yoki 701, Tayyuan — 759 yoki 761, Sian) — xitoylik rassom, shoir va bastakor. Xitoy monoxrom (bir rangda ishlanadigan) manzara rassomligi asoschisi. Shoyi mato, devorga rasmlar ishlagan, bunda tushning rang tuslari, shaffoflik imkoniyatidan, chizgi chiziqlardan foydalangan. Goʻzal manzaralarida tabiatning koʻtarinki umumlashma obrazlarini yaratgan. Asarlari ("Qor ostidagi dars", "Szinanlik Fu Shen", "Qor yogʻganidan soʻng") nusxalarda saqlangan. Sheʼrlarida ham tabiatning nozik boʻyoq va tuslarini aks ettirgan. Ijtimoiy mazmundagi sheʼrlarida ideal davlat haqidagi orzu-oʻylari tarannum etilgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  1. (unspecified title)