Kontent qismiga oʻtish

Vandalizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vandalizm (lotincha: vandali — qadimgi sharqiy german qabilalaridan birining nomi) — moddiy va madaniy boyliklarni oʻylamay-netmay shafqatsizlarcha yoʻq qilib tashlash. Vandalizm tushunchasi 455-yilda german qabilalari Rimni talon-toroj qilib, koʻplab antik madaniyat obidalarini vayron etganligi tarixiga borib taqaladi. Keyinchalik u johillik, madaniyatsizlik maʼnolarida ham keng qoʻllanila boshlagan.

Daraxtga inson tomonidan qasddan shikast yetkazilishi (Vandalizm)
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil