Kontent qismiga oʻtish

Varganza

Koordinatalari: 39°12′24″N 67°0′17″E / 39.20667°N 67.00472°E / 39.20667; 67.00472
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Varganza
Shaharcha qatorbog
39°12′24″N 67°0′17″E / 39.20667°N 67.00472°E / 39.20667; 67.00472
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Qashqadaryo viloyati
tuman Kitob tumani
Avvalgi nomlari Qatorbog'
Qachondan beri shaharcha qatorbog 2009
Rasmiy til(lar)i Oʻzbek
Vaqt mintaqasi UTC+5
Pochta indeks(lar)i 180708[1]
Varganza xaritada
Varganza
Varganza

Varganza — Oʻzbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati Kitob tumaniga qarashli shaharcha. 2009-yil 13-martda Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan shaharcha maqomi berilgan.

Etimologiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Roʻdakiy asarlarida vargʻ soʻzi toʻgʻon, band maʼnosida qoʻllanadi. X-XIX asrlarga mansub tojik qoʻlyozma manbalarida vargʻ soʻzi band, toʻsib toʻplangan suv havzasi maʼnosida ishlatilgan. Yangi soʻgʻd tili boʻlmish yagʻnob tilida esa vargʻ dalaning yuqori tomoni degan maʼnoni bildirgan. Asl soʻgʻdiychada esa vargʻ bu suv toʻplanadigan joy, band, toʻgʻon deganidir. oʻsha davrlarda -on qoʻshimchasi oʻrin-joy otini yasovchi qoʻshimcha sifatida qoʻllangan. Hudud nomi dastavval vodiy, soylik nomi sifatida qollanilgan. V-X asrlarda u qayta shakllanib Vargʻonzoy — Vargʻanzoy — Varganzay — Varganza degan shaklga kelib qolgan. Shaharcha nomidagi soʻz asli suv bandi yonidagi joy, toʻgʻonga yaqin hudud maʼnosini bildirgan[2].

Varganza shaharchasi Qashqadaryo viloyatining kitob tumanining sharqiy qismida Kitob shahridan 25 km uzoqlikda joylashgan. Shaharchada 52-sonli va 54-sonli maktablar, Sanoat va xizmat koʻrsatish kolleji, vahdat jom’e masjidi va bitta qabriston joylashgan. Varganza shaharchasidan Qashqadaryo daryosi oqib oʻtadi.

1-yanvar 2013-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Varganza shaharchasida 3626 dan ortiq inson yashagan. 2016-yildagi qayta hisob-kitob natijasiga koʻra bu koʻrsatkich 3700 tani tashkil qilgan[3].

Mahalliy aholining asosiy qismini tojiklar tashkil etadi.

Ijtimoiy va ekonomik tarkibi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Varganza shaharchasi anorlari va tadbirkor aholisi bilan mashhur. Shaharchada „Anor“ xalqaro agroturizm festivali oʻtkazilgan. Mazkur festivalda dunyoning yigirma uchga yaqin mamlakati ishtirok etgan.

  1. „Varganza/Варганза Почтовый индекс (Узбекистан)“. postcode.info. Qaraldi: 08-2023.
  2. To'ra Nafasov. Qashqadaryo qishloqnomasi. Toshkent: Muharrir nashriyoti, 2009-yil — 77-bet. ISBN 978-9943-354-60-9. 
  3. Soliyev A.S.; Tashtayeva S.K.; Egamberdiyeva M.M.. Shaharlar geografiyasi. Toshkent: Barkamol fayz media, 2018 — 154-bet. ISBN 978-9943-5519-4-7.