Vari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vari (Lemur varius) — makilar (lemurlar) urugʻining bir turi. Madagaskar oʻrmonlarida katta poda boʻlib yashaydi. Boʻyi 0,6 m, dumi 0,6 m cha. V. bu uruqqa kiradigan turlar ichida eng yirigi. Tanasi qalin oq-qora jun bilan qoplangan. Boshi va boʻynining ikki yonida uzun junlari bor. Rangi har xil: baʼzilarida oq jun, boshqalarida esa qora jun koʻp, hatto, tamomila oq yoki qora junlilari ham uchraydi. Turli mevalar bilan oziqlanadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil