Vasiliy Dorbov
Qiyofa
Vasiliy Petrovich Drobov (1885.30.7 — 1956.27.8, Toshkent) — botanik olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1945), biologiya fanlari nomzodi (1938), professor (1920), 1918-yilda Oʻrta Osiyo universitetini tashkil etishda qatnashgan. Universitet (1920—30) va Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti botanika kafedrasining mudiri (1930—56). Oʻrta Osiyo boʻylab oʻtkazilgan koʻp ekspeditsiyalarda qat-nashgan. Oʻrta Osiyo, ayniqsa, Oʻzbekiston qumloklari, qum va toʻqay oʻsimliklarining genezisini va dinamikasini aniqlagan. 82 yangi oʻsimlik turini topgan. "Oʻzbekistan florasi"ni tuzishda ishtirok etgan.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |