Kontent qismiga oʻtish

Vasiliy I Maqduniy

Vikipediya, erkin ensiklopediya

VASILIY 1 Maqduniy (836-886 ga yaqin) — Vizantiya imperatori (867-yildan). Makedoniya femi (qarang Femlar)dagi dehqonlardan. Makedon sulolasi asoschisi. Imperiyaning sharqida arablarga qarshi va Italiyada kurash olib borgan. Diniy tusdagi pavelchilik harakatini bostirgan. Proxiron (pravoslav cherkovi huquqlari haqida qoʻllanma)ni nashr ettirgan. Epanagog (sud uchun qoʻllanma)lar tayyorlash bilan mashgʻul boʻlgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil