Vasiliy Kan (kolxozchi)
Vasiliy Semyonovich Kan | |
---|---|
Tavalludi |
26-may 1904-yil Yuqori Sidimi qishlogʻi, Adimin volosti, Posyetskiy uezdi, Janubiy Ussuriysk oʻlkasi, Rossiya imperiyasi |
Vafoti |
25-may 1969-yil (64 yoshda) Taldiqoʻrgʻan, Qozogʻiston SSR |
Fuqaroligi | SSSR |
Taʼlimi | Qiziloʻrda qishloq xoʻjaligi texnikumi |
Kasbi | kolxoz raisi, agronom |
Mukofotlari |
|
Vasiliy Semyonovich Kan (1904-yil 26-may, Yuqori Sidimi qishlogʻi, Adimin volosti, Posyetskiy uezdi, Janubiy Ussuriysk oʻlkasi, Rossiya imperiyasi – 1969-yil 25-may, Taldiqoʻrgʻan, Qozogʻiston SSR) – Oʻzbekiston SSR Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanidagi Dmitrov nomidagi kolxoz raisi[1]. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1951).
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1904-yilda Janubiy Ussuriysk oʻlkasining Posyetskiy uezdi (hozirgi Xasan tumani) Yuqori Sidimi qishlogʻida dehqon oilasida tugʻilgan. Millati koreys[1]. 1918-yilda Posyetskiy uezdi Razdolninskiy volostining Barabash qishlogʻidagi cherkov maktabining beshta sinfini tamomlagan. 1924-yilgacha uy xoʻjaligida mehnat qilgan. 1924-yildan – Yuqori Sidimi qishlogʻidagi umumiy doʻkonda sotuvchi. 1927—1932-yillarda – kassir, Barabash qishlogʻidagi Lespromxoz ombori mudiri. 1933-yilgacha Vladivostokdagi mintaqaviy ijtimoiy taʼminot oshxonasining boshligʻi boʻlgan. 1933-yildan 1937-yilgacha – Spassk-Dalniy qishlogʻidagi doʻkon mudiri[2].
1937-yilda Qozogʻiston SSRga deportatsiya qilinadi[1]. 1938—1941-yillarda Qiziloʻrdadagi rezina zavodi qurilishida ishlagan. 1941-yildan boshlab Oʻzbekistonda istiqomat qilgan. 1942—1955-yillarda – Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanidagi Engels nomli (keyinchalik Dimitrov nomidagi) kolxozda oddiy kolxozchi, kolxoz mudiri[2].
1950-yilda Vasiliy Kanning boʻlimi 12,4 gektar maydonning har gektaridan oʻrtacha 98,8 sentnerdan yashil kanop poyasi yetishtirildi[2]. SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1951-yil 17-iyuldagi farmoni bilan Lenin ordeni va O‘roq va Bolg‘a oltin medali hamda Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni berilgan[3].
1955-yildan 1957-yilgacha Toshkent viloyatining Sirdaryo tumanidagi Xrushchyov nomidagi kolxozning oddiy ishchisi. 1957—1966-yillarda Quyi Chirchiq tumani Dimitrov nomidagi kolxozning oddiy ishchisi. 1966-yilda Olmaota viloyatining Qoratol tumani „Bolshevik“ kolxozida, 1967-yildan boshlab Fargʻona viloyatining „Pobeda“ kolxozida mehnat qilgan.
Nafaqaga chiqqach, Taldiqoʻrgʻan shahrida yashagan va 1969-yil shu shaharda vafot etgan[1].
Olgan mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Shin D. V., Sovetskie koreysi Geroi Sotsialisticheskogo truda, Almati: Service Press, 2019
- Z. V., Pan N. G. Geroi Sotsialisticheskogo Truda – kazaxstansi, Alma-Ata, 1969—1985, tt. 1-5
- Men D. V., Kvon L. A., Kim, Sovetskie koreysi Kazaxstana, Almati, 1992
- Kan G. V., Istoriya koreysev Kazaxstana, Almati: Gilim, 1995
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 „Кан, Василий Семёнович“ (ru). warheroes.ru. Qaraldi: 29-noyabr 2023-yil.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 German Kim, Video-Ensiklopediya koryo saram. Geroy Sotsialisticheskogo truda Kan Vasiliy Semenovich
- ↑ Шин Д. В.. Советские корейцы Герои Социалистического труда. Olmaota: Service Press, 2019.