Vasiliy Sosunov
Vasiliy Nikolayevich Sosunov | |
---|---|
Tavalludi |
14-yanvar 1901-yil Samarqand] |
Vafoti |
28-iyul 1980-yil (79 yoshda) Leningrad |
Fuqaroligi | SSSR |
Sohasi | Raditexnika |
Ish joylari | S.M.Budyonniy nomidagi Harbiy aloqa akademiyasi |
Taʼlimi | Tomsk texnologiya instituti |
Mukofotlari |
Vasiliy Nikolayevich Sosunov (1901-yil 14-yanvar, Samarqand viloyati, Rossiya imperiyasi – 1980-yil 28-iyul, Leningrad, SSSR) – sovet olimi, Stalin mukofoti laureati, RSFSRda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi[1].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vasiliy Sosunov 1901-yil 14-yanvar kuni Samarqandda tugʻilgan. 1917-yil kuzidan 1919-yil fevraligacha Tomsk texnologiya institutida tahsil olgan[2].
Fuqarolar urushi davrida Sibir va Uzoq Sharqda Sovet hokimiyatini oʻrnatishda faol ishtirokch etgan.
1919-yil kuzidan boshlab Kolchakdagi Oxotsk radiostansiyasida ishlagan, bolsheviklar yashirin inqilobiy qoʻmitasi bilan yaqin aloqada boʻlgan. Kolchak magʻlubiyatga uchraganidan keyin Oxotsk radiostansiyasining komissari, Oxotsk harbiy inqilobiy qoʻmitasi va tuman kengashi aʼzosi boʻlgan.
1920-1921-yillarda Qizil Armiya askari, 3-radio bazasi instruktori.
1921-1923-yillarda Irkutsk 5-armiya va havo kuchlari shtab-kvartirasining avtoradiostansiyasi boshligʻi.
1923-1927-yillarda Sibir harbiy okrugining 4-alohida radio batalyoni komandirining yordamchisi boʻlgan.
1927-1931-yillarda janubi-gʻarbiy 3-alohida radio batalyonining komandiri.
1934-yilda Leningraddagi Harbiy aloqa akademiyasini tamomlagan, u yerda oʻqituvchilik va ilmiy faoliyat bilan shugʻullangan.
1942-1944-yillarda Mudofaa xalq komissarligi 2-sonli zavodining yangi ishlanmalar laboratoriyasi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.
1944-yildan Qizil Armiya ilmiy sinov institutida bosh injener boshligʻining radiotexnika boʻyicha oʻrinbosari (1947-yilda ilmiy sinov instituti qayta tashkil etilgan).
1947-yildan boshlab „Disk-Rubin“ loyihasining bosh dizayner oʻrinbosari.
1950-1954-yillarda Oliy ofitser aloqa maktabi kafedra mudiri boʻlgan.
1954-1966-yillarda Harbiy aloqa akademiyasi (Leningrad) kafedra mudiri boʻlgan.
Vasiliy Sosunov 1980-yili 20-iyul kuni Lenigradda vafot etgan.
Kitoblari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Radioperedayuщie ustroystva : (Usiliteli moщnosti. Vozbuditeli) : [Uchebnik] / N. S. Beschastnov i V. N. Sosunov. – L. : Izd. Voen. elektrotexn. Akad. Krasnoy armii im. S. M. Budyonnogo, 1941. – 583 s., 1 l. tabl.
- Generatornie pentodi i ix primenenie v usilitelyax moщnosti [Tekst] / V. N. Sosunov. – Leningrad : Voen. elektrotexn. akad. RKKA, 1938. – 87 s. : il.; 26 sm.
- Sosunov, Vasiliy Nikolaevich. Nekotorie metodi izmereniya urovney pomex i signalov na vxode priemnika na gruppe chastot [Tekst] / Voen. Krasnoznam. akad. svyazi. Kafedra № 31. – Leningrad : [b. i.], 1965. – 11 s., 8 l. il.; 28 sm.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]1950-yil S-400 radior stantsiyasini ishlab chiqishda ishtirok etganlik uchun Stalin mukofoti laureati boʻlgan[3].
RSFSRda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1951).
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Iz istorii Dalnevostochnoy Respubliki: sbornik nauchnix trudov. Eleonora Vasilevna Yermakova, B. I. Muxachev, A. T Mandrik. Dalnauka, 1993 – Vsego stranits: 184
- Istoriya Tomskogo politexnicheskogo instituta v dokumentax. K. V. Voronova, Ye. P. Beltyukova, Tomskiy politexnicheskiy institut im. S. M. Kirova, A. P. Akasnenok, Gosudarstvenniy arxiv Tomskoy oblasti, Tomskiy obkom KPSS. Partiyniy arxiv. Izd-vo Tom. universiteta, 1975
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „В.Н.Сосунов“. www.e-heritage.ru/. Qaraldi: 15-sentabr 2023-yil.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „О главном конструкторе замолвлю я слово!“. www.veteran.priozersk.com. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-sentabr 2023-yil.
- ↑ „Сосунов Василий Николаевич Медаль «За оборону Ленинграда»“. www.pamyat-naroda.ru. Qaraldi: 15-sentabr 2023-yil.