Kontent qismiga oʻtish

Vasiliy Struve

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vasiliy Yakovlevich Struve [1793.4(15)4, Altona (Germaniya) — 1864.11(23)11, Peterburg] — rus astronomi, Peterburg Fanlar akademiyasi akademik (1832). Derpt (hozirgi Tartu, Estoniya) universitetini tugatgan (1810). Struve 1818—39 yillarda shu untning rasadxonasi rahbari. Pulkovo rasadxonasining asoschisi va 1839-yildan uning direktori. Struve Dunay daryosining quiilishidan to Shimoliy Muz okeanigacha boʻlgan meridian yey i uzunligini (25°20’) oʻlchagan. Pulkovo rasadxonasidagi barcha teleskoplar Struve buyurtmasiga asosan yasalgan hamda oʻrnatilgan. U Galaktika markazi tomon yulduzlar sonining ortib borishini, yulduzlararo mugʻitning mavjudligini kashf etgan. Struve qoʻshaloq yulduzlar hamda yulduzlargacha boʻlgan masofalarni oʻlchashga doir tadqiqotlar olib borgan.