Kontent qismiga oʻtish

Vasiliy Ternovskiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vasiliy Ternovskiy
Tavalludi 7-avgust 1888-yil
Toshkent
Vafoti 15-sentyabr 1976-yil
Moskva
Fuqaroligi Rossiya imperiyasining bayrogʻi Rossiya imperiyasi SSSR bayrogʻi SSSR
Ilmiy darajasi tibbiyot fanlari doktori
Ilmiy unvoni akademik
Akademik rahbarlari P. I. Karuzin

Vasiliy Nikolayevich Ternovskiy (7-avgust 1888-yil, Toshkent, Turkiston oʻlkasi – 15-sentyabr 1976-yil, Moskva) – sovet anatomi, tibbiyot tarixchisi, SSSR tibbiyot fanlari akademiyasi akademigi (1944).

Vasiliy Nikolayevich 1888-yil 7-avgustda (ayrim manbalarda 19-avgust) Toshkent shahrida tanobchi oilasida tavallud topgan. U 1907-yilda Toshkent gimnaziyasini tamomlagan[1].

1912-yilda Moskva universitetining fizika-matematika fakultetini tugatgan. 1915-yilda Moskva universiteti tibbiyot fakultetini imtiyozli diplom bilan tugatgan.

Ternovskiy birinchi jahon urushi qatnashchisi. U Gʻarbiy frontda Qizil Xoch jarrohlik otryadida shifokor boʻlib xizmat qilgan.

Vasiliy 1920–1924-yillar oraligʻida Moskva davlat universitetining anatomiya kafedrasida ishlagan va 1922-yilda „Vegetativ asab tizimining anatomiyasi“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

1924-yildan 1944-yilgacha Qozon davlat tibbiyot institutining anatomiya kafedrasida mudir lavazimida faoliyat olib borgan.

Vrach Ternovskiy 1944–1959-yillarda 2-MMI inson anatomiyasi kafedrasida mudir boʻlib, 1945–1950-yillar oraligʻida SSSR Tibbiyot fanlari akademiyasining Normal va patologik morfologiya instituti anatomiya kafedrasida mudir boʻlib ishlagan.

Vasiliy Nikolayevich SSSR Sogʻliqni saqlash vazirligi Ilmiy kengashi, Butunittifoq anatomistlar, gistologlar va embriologlar jamiyati, Butunittifoq tibbiyot tarixchilari jamiyati va Xalqaro tibbiyot tarixi akademiyasining aʼzosi boʻlgan. Bundan tashqari Shvetsiya tarixiy jamiyati, Rim akademiyasi, Butun bolgar tibbiyot tarixchilari jamiyati hamda Moskva tarix va tibbiyot jamiyati aʼzosi boʻlgan.

Vasiliy Andreas Vezaliyning yetti kitobdan iborat „O Stroyenii chelovecheskogo telo“ asarining tarjimoni (S. P. Shestakov bilan birga) sifatida tanilgan. U Ibn Sinoning olti jildlik „Tib qonunlari“ kitobi va Selsning „Traktata o meditsine“ kitobining mas’ul muharriri boʻlgan. Y. F. Shults bilan birgalikda Arnoldus de Villanova tomonidan yozilgan „Salernskiy kodeks zdorovya“ asarini nashr etgan[2].

Ternovskiy Vvedenskoye qabristoniga dafn etilgan.

  1. „Терновский Василий Николаевич“. Qaraldi: 2023-yil 8-noyabr.
  2. „Профессор Василий Николаевич Терновский“. Qaraldi: 2023-yil 8-noyabr.