Vasiliy Yarotskiy
Vasiliy Yakovlevich Yarotskiy | |
---|---|
Tavalludi |
1887-yil 14(26)-mart Cherkas |
Vafoti |
1938-yil 7-oktabr (51 yoshda) Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR |
Fuqaroligi | SSSR Rossiya imperiyasi |
Sohasi | Tarix |
Ish joylari | Toshkentdagi Markaziy Osiyo davlat universiteti (MODU). |
Taʼlimi | Moskva davlat konchilik universiteti |
Vasiliy Yakovlevich Yarotskiy – inqilobchi, bolshevik, taniqli bolshevik M. P. Tomskiyning doʻsti, tarixchi, Markaziy Osiyo Davlat Universiteti (MODU) rektori va professori. Jon Ridning „Dunyoni larzaga keltirgan oʻn kun“ kitobining rus tiliga birinchi tarjimasi muallifi („Krasnaya nov“ nashriyoti, Moskva, 1924-yil, Amerikaning N.Lenin nashriga, Rossiyaning N.Krupskaya nashriga soʻzboshi bilan va V.Yarotskiyning soʻz oxiri bilan nashr etilgan).
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vasiliy Yakovlevich Yarotskiy 1887-yil 14-martda (26-mart) Kiyev gubernatorligi Cherkassi shahrida, Cherkas pro-gimnaziyasida tarix oʻqituvchisi oilasida tugʻilgan[1]. Uning bolaligi Jitomirda oʻtgan, u yerga ota-onasi bilan koʻchib oʻtgan. Vasiliy Yarotskiy hali oʻrta maktab oʻquvchisi boʻlganida, darvinizmni oʻrganish boʻyicha toʻgarak tashkilotchisi boʻlgan va 1903-yilda oʻzining gektografik jurnalini nashr etgan.
Inqilobiy faoliyatning boshlanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1906-yil may oyidan boshlab V.Yarotskiy Poltavadagi inqilobiy doiralar faoliyatida qatnasha boshladi va inqilobiy faoliyati uchun bir necha marta hibsga olinadi. Uchinchi hibsga olinganidan keyin sudga tortiladi va harbiy okrug sudi tomonidan bir yil qal’adagi qamoq jazosiga hukm qilinadi. Hibsdan qochib, chet elga ketgan. Fransiya va Buyuk Britaniyada yashagan. Fransiyada u Sorbonnada tahsil olgan va Parijdagi toʻgataklarda inqilobiy ishlarga rahbarlik qilgan, Londonda Britaniya muzeyi kutubxonasiga tashrif buyurgan va Oliy Iqtisodiyot fanlari maktabida tahsil olgan. Noqonuniy va qonuniy matbuotlarda G.Bychkov va A.Chekin taxalluslari bilan chop etilgan. Uning maqolalari Rossiyaning „Xalq uchun“ (Za narod), „Saratov xabarnomasi“ (Saratovskiy vestnik), „Yevropa xabarnomasi“ (Vestnik Yevropi), „Rossiya boyligi“ (Russkoe Bogatstvo), „Kooperatsiya xabarnomasi“ (Vestnik kooperatsii), „Jamoat shifokori“ (Obщestvenniy vrach) va boshqa nashrlarda chop etilgan.
1917-yilda „Angliya-Rossiya savdo munosabatlari tarixi“ nomli dissertatsiya yozgan[2]. Shu vaqt ichida u Kakston Xollda Rossiya iqtisodiyotidan maʼruza qilgan. 1920-yil iyuldan Xalqaro kasaba uyushmalari kengashini tashkil etishda kotibiyat boshligʻi va muharrir sifatida qatnashgan.
Rossiyada inqilobdan keyingi harakatlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Surgundan qaytgach, Yarotskiy bir qator monografiya va kitoblar yozgan, jurnallar bilan hamkorlik qilgan va gazetalarda maqolalar yozgan, shuningdek, Ya. M.Sverdlov nomidagi Kommunistik universiteti, Sharq mehnatkash xalqining kommunistik universiteti, Moskva davlat universitetida dars bergan. Kasaba uyushmalari faoliyati bilan ham shugʻullangan, kasaba uyushmalari boshqaruv organlarida saylangan lavozimlarda ishlagan, ayrim kasaba uyushma bosma nashrlariga muharrirlik qilgan.
1924-yilda sovet kasaba uyushma delegatsiyasining kotibi sifatida u Angliya-sovet muzokaralarida qatnashadi hamda Xall va Skarborodagi ingliz kasaba uyushmalari kongresslarida va Angliya-Rossiya maslahat qoʻmitasining yigʻilishlarida sovet kasaba uyushmalari delegatsiyasining aʼzosi boʻladi.
Markaziy Osiyodagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1930-yil oktabrdan V.Ya. Yarotskiy Toshkentda ish boshlagan va u yerda tashkiliy, ilmiy-pedagogik ishlar bilan shugʻullangan.
Oʻzbekiston SSR Maorif Xalq Komissarligi Bosh Ilmiy Kengashi raisining oʻrinbosari sifatida umumtaʼlim maktablari va texnikumlar dasturini qayta koʻrib chiqish bilan shugʻullangan, oliy oʻquv yurtlari va Oʻzbekistondagi ilmiy muassasalar olimlari malakasini tekshirish komissiyasining raisi boʻlgan.
1933-yil may oyida Bolsheviklarning Butunittifoq Kommunistik partiyasi Markaziy Komiteti Markaziy Osiyo byurosi qarori bilan Markaziy Osiyo Davlat Universiteti (MODU) rektori etib tayinlangan. Yarotskiyning bevosita koʻmagi bilan 1933-yildan 1937-yilgacha mintaqani har tomonlama oʻrganish bilan shugʻullangan MODUning Pomir kompleks ekspeditsiyasi tashkil etilgan.
1934-yilda V.Ya. Yarotskiy Moskvada Oʻrta Osiyo universiteti uchun qoʻshimcha oʻquv jihozlari va mablagʻlar ajratishga muvaffaq boʻlgan. Shuningdek, 1934-yil dekabr oyida MODUning yubileyini oʻtkazish va Pomirda kon-biologik stansiyani tashkil etishda faol ishtirok etgan.
1935-yil iyul oyida SSSR Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi huzuridagi Fan va taʼlim muassasalarini boshqarish qoʻmitasi tomonidan MODUning eng faxriy oʻqituvchilaridan besh nafariga Markaziy Osiyoda birinchi professor unvonlari berilgan: V.Ya. Yarotskiyning oʻziga – tarix boʻyicha, A. M. Brodskiyga – zoologiya boʻyicha, P. A. Baranovga – botanika boʻyicha, Y. P. Korovinga – geobotanika boʻyicha, V. I. Romanovskiyga – matematika boʻyicha.
1935-yilda SSSR Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi Ilmiy Qoʻmitasi Prezidiumi Bolsheviklar Butunittifoq Kommunistik partiyasi Markaziy Qoʻmitasi Markaziy Osiyo byurosining talabiga binoan V.Ya. Yarotskiyning tashabbusi bilan tayyorlangan – MODUda tarix fakultetini yaratish zarurligi asoslab berilgan maxsus maʼruza tinglandi va natijada 1935-yilning kuzida Markaziy Osiyo Davlat Universitetida (MODU) tarix va tuproq-geologik-geografik fakultetlari tashkil etilgan. MODU tarix fakultetida V.Yarotskiy jahon tarixi, Gʻarb va Sharqning qadimgi va oʻrta asrlar tarixidan maʼruzalar oʻqigan. Suningdek, V.Ya. Yarotskiy A.Ikromov nomidagi Birlashgan pedagogika va oʻqituvchilar institutida va Oʻzbekistonning boshqa oliy oʻquv yurtlarida dars bergan[3], bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston marksizm-leninizm ilmiy-tadqiqot instituti va Markaziy Osiyo marksizm-leninizm ilmiy-tadqiqot institutida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borgan. Su bilan birga, V.Ya. Yarotskiy Toshkent shahar Kengashi deputati etib saylangan.
V.Ya. Yarotskiyning ilmiy tadqiqot predmeti sosoniylar davrida Oʻrta Osiyo madaniy hayoti va ayniqsa, Oʻrta Osiyodagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar tarixi boʻlgan[4].
Shuni taʼkidlash kerakki, V.Ya. Yarotskiy Moskva, Leningrad va boshqa markaziy shaharlardan yuborilgan taniqli mutaxassis va olimlarni MODUga ilmiy va oʻqituvchilik ishlariga jalb qilishga harakat qilgan[5]. Masalan, u Kiyevda „aksilinqilobiy faoliyat uchun“ sudlangan Rossiya tarixi boʻyicha Toshkentga yuborilgan mutaxassis professor P. P. Smirnovni jalb qilgan. Oʻqitish huquqidan mahrum boʻlgan Smirnov Toshkentda davlat bankining inspektori boʻlib ishlagan va 1933-yildan Yarotskiyning iltimosiga binoan professor MODU fundamental kutubxonasi direktori etib tayinlangan va keyinchalik „SSSR xalqlari tarixi“ kursi boʻyicha maʼruzalar oʻqishga jalb qilingan[6].
V.Ya. Yarotskiy universitet talabalari orasida keng shuhrat qozongan[7]. Biroq, keyinchalik, hibsga olinganidan soʻng, uning bu mashhurligi yoshlarga antisovet ruhidagi munosabat sifatida talqin qilina boshlanadi.
1936-yil sentabrda V.Ya. Yarotskiy KPSS(b) safidan chiqariladi va MODUga ishga yollagan professor L. G. Rayskiy hibsga olinganidan keyin rektorlik lavozimidan chetlashtiriladi[8]. 1937-yil yanvar oyining oxirida V.Ya. Yarotskiy hibsga olinadi va unga Oʻzbekiston „hududida“ faoliyat yurituvchi aksilinqilobiy, trotskiychi oʻng tashkiloti rahbariyatiga aloqadorlikda, xalq xoʻjaligi qurilish maydonlarida qoʻporuvchilik uyushtirganlikda ayblanadi. Shuningdek, Yarotskiydan Moskva va Leningraddagi qatagʻon qilingan hamkasblari bilan aloqada boʻlgan Oʻzbekiston tarixchilari orasida butun keng tarqalgan zararlovchi tashkiloti rahbarligini tan olish talab qilindi.
1938-yil oktabr oyi boshida Toshkentda SSSR Oliy sudi harbiy[9] kollegiyasining sayyor sessiyasining yopiq sud majlislari boshlanadi[10]. 1938-yil 7-oktabrda sud majlisida tarixchi V.Ya. Yarotskiyning ayblovi boʻyicha ish koʻrib chiqiladi, u aybini tan oladi va halol mehnat bilan „jinoyatlarini qutqarishi“ uchun uning hayotini saqlab qolishni soʻraydi. Biroq, sud uni mol-mulkini musodara qilish bilan qatl etishga hukm qiladi. Hukm shu kuni, 1938-yil 7-oktabrda Toshkent shahrida ijro etiladi.
1957-yilda V.Ya. Yarotskiy vafotidan keyin reabilitatsiya qilinadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Yego otes schitalsya odnim iz luchshix arxeologov na Volini.
- ↑ Pervie glavi etoy raboti bili opublikovani v jurnale „Russia“
- ↑ Zdes on bil po sovmestitelstvu zaveduyuщim sektorom istorii narodov Uzbekistana.
- ↑ Interesno, chto V. Ya. Yarotskiy vesma ne lestno otzivalsya ob uchyonix istorikax i vostokovedax nemarksistax, v tom chisle i ob odnom iz vidneyshix rossiyskix uchyonix-vostokovedov, znatoke sredneaziatskoy istorii akademike V. V. Bartolde, nazivaya ego „…predstavitelem kolonizatorov i ix ideologov iz chisla naibolee vdumchivix i dalnovidnix“. I polemiziroval s nim v svoix statyax po povodu predlojennoy Bartoldom sxemi xronologicheskix periodov. Takje Yarotskiy bil opponentom v nauchnoy polemike s arxeologom M. Ye. Massonom po povodu atributirovaniya obnarujennoy v 1932 godu znamenitoy Ayrtamskoy kamennoy pliti, sovershivshey nastoyaщiy perevorot v nauke.
- ↑ Naprimer, leningradskix istorikov L. G. Rayskogo, Rozentalya, Grossa, Popova, vislannix v Alma-atu professora Rubanovskogo i dotsenta Sokolova.
- ↑ Pozje P. P. Smirnov – avtor okolo 60 nauchno-issledovatelskix rabot po problemam sotsialno-ekonomicheskoy istorii feodalnoy Rossii i arxeologii Sredney Azii, stal professorom Moskovskogo gosudarstvennogo istoriko-arxivnogo instituta v Moskve.
- ↑ Studentov privlekala ego neobichnaya sudba vidnogo revolyutsionera, naxodyaщegosya v opale, ego yarkie oratorskie sposobnosti i shirokaya eruditsiya uchyonogo. Takje on proyavlyal svoeobrazniy „demokratizm“ v obraщenii, kogda nekotorie studenti brali u nego dengi „v dolg“. A takje nekotorim studentam on platil stipendiyu iz svoego jalovanya. Xotya ne vse prepodavateli SAGU odobryali takoe povedenie Yarotskogo.
- ↑ Na doprose 27 sentyabrya 1936 goda L. G. Rayskiy nazval V. Ya. Yarotskogo v chisle prochix „izvestnix emu“ uchastnikov kontrrevolyutsionnoy organizatsii. On zayavil, chto „Yarotskiy Vasiliy Yakovlevich, b. rabotnik VTsSPS, s ego slov, blizko svyazan s Tomskim. Za proyavlenie pravogo uklona v 1930 g. vislan iz Moskvi v Tashkent, gde rabotaet rektorom Sr. Aziatskogo Gosud. Universiteta.“
- ↑ Zasedaniya provodilis bez uchastiya obvineniya i zaщiti, bez vizova svideteley, chto opredelyalos postanovleniem TsIK SSSR ot 1.12.1934 goda.
- ↑ V sostave chlenov kollegii brigvoenyurista Zayseva i voennogo yurista pervogo ranga Boldireva pod predsedatelstvom brigvoenyurista Alekseeva i pri sekretare voennom yuriste pervogo ranga Batner.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Valeriy Germanov „Alma mater Tashkent and Central Asian, or History with geography“//Rossiya – Oʻzbekiston: oʻtmish va bugun. Odamlar, voqealar, fikrlar. Maqolalar toʻplami. Muallif: A. B. Djumaev, Yu. V. Podporenko, E. V. Rtveladze, D. A. Trofimov. Moskva: ARMADA & Alfa-kniga, 2003. 432 p. 118-140-betlar. 1 – qism va 2 -qism.