Vasiylikdagi hududlar
Vasiylikdagi hududlar - Ikkinchi jahon urushi tugagach, BMT vasiyligi xalqaro tizimiga kiritilgan hududlar. U BMT Ustavida nazarda tutilgan (75— 91-moddalar). V.h. asosan Millatlar Ittifoqining sobiq vakolat ostidagi hududlari yoki mustamlakalar boʻlib, avvalo Germaniya va ittifoqchilarining Afrikadagi mustamlakalari (Kamerun, Ruanda, Burundi, Somali, Tanzaniya, Jan.-Gʻarbiy Afrika) va Tinch okeandagi orollar (Gʻarbiy Samoa, Nauru, Yangi Gvineya, Mariana, Marshall va Karolina)dir. Ularda 20 mln.ga yaqin aholi yashagan. BMT roziligi bilan va BMT Vasiylik kengashi nazorati ostida ularni boshqarishni sobiq mustamlakachi davlatlar — Buyuk Britaniya, Belgiya, Fransiya, shuningdek BMT qaroriga koʻra, Italiya (Somali ustidan) oʻz qoʻliga olgan. Bundan tashqari, BMT Xavfsizlik Kengashi 1947-yil Karolina, Mariana va Marshall o.larini „strategik rayon“ sifatida (BMT Ustavi 82-moddasi) AQSH boshqaruviga bergan. 1997-yilga kelib barcha V.h.lar mustaqillikka ega boʻldi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |