Vasl
Vasl (arab. — birikish, yetishish) (adabiyotda) — aruz tizimida undosh tovush bilan tugagan soʻz oxiridagi undoshniig, vazn taqozosiga koʻra, oʻzidan keyin keluvchi soʻz boshidagi unli bilan yangi metrik boʻgʻin hosil etishi. Masalan, Alisher Navoiyning hazaj bahrida yozilgan quyidagi sheʼriy misralarida:Falak ham mehrin oqshom aylamas fosh,/V— — V — — — V — —Boʻlur zohir / chu anjumdin toʻkar yosh /v__ _V — — — v — — 1 2 3"mehrin" soʻzining birinchi boʻgʻini — "meh" 1-ruknga, ikkinchi boʻgʻini — "rin" 2-ruknga qarashli. Ikkinchi ruknning birinchi boʻgʻini vaznga koʻra qisqa (v) boʻlishi lozim, biroq bu oʻrindagi "rin" boʻgʻini choʻziqdir (—), lekin shu boʻgʻindagi "n" undosh tovushi oʻzidan keyin kelayotgan soʻz (oqshom) unli ("o") tovush bilan boshlanayotganligi sababli, shu unliga biriktirib, qoʻshib talaffuz etiladi, natijada "rin" yopiq boʻgʻini "ri" ochiq boʻgʻiniga, yaʼni qisqa boʻgʻinga (v) aylanadi. V. nutqiy hodisa boʻlib, sheʼr ritmini ancha silliqlaydi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |