Kontent qismiga oʻtish

Vatnajökulsşjóðgarður

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vatnajökulsşjóðgarður milliy bogʻi („suv beradigan muzlik“ deb tarjima qilingan) Islandiyadagi eng katta milliy bogʻdir.[1] Uning maydoni 1 200 000 gektarni tashkil etadi, bu — orol hududining deyarli 12 % demak. Bogʻ Vatnajökull muzligi sharafiga nomlangan. Bogʻ Islandiyaning janubi-sharqida joylashgan boʻlib, u shimoli-sharqqa qarab kengayib boradi. Uning hududida yirikligi boʻyicha Islandiyadagi eng katta, Yevropada esa ikkinchi oʻrinda turadigan muzlik joylashgan. Muzning oʻrtacha qalinligi taxminan 400 m, maksimali 1000 metrni tashkil qiladi.[2] Vatnajökull milliy bogʻi UNESCOning Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan.[3]

Faol vulqonlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Islandiyadagi koʻplab muzliklar singari, Vatnajökull ostida faol vulqonlar mavjud. Islandiyaning eng baland nuqtasi Xvannadalshnúkur vulqoni (2109 m) Vatnajökullning janubiy chekkasida joylashgan. Tepaga chiqish yoʻli koʻplab yoriqlar boʻylab oʻtadi.[4]

Ushbu vulqonga qoʻshimcha ravishda, Vatnajökull ostida Islandiyadagi eng faol vulqonlardan biri — Bárðarbunga vulqoni joylashgan. Vulqonning balandligi 2009 m (bu Islandiyadagi Xvannadalshnukur choʻqqisidan keyin ikkinchi eng baland choʻqqi). Bu muzosti turidagi stratovulqon boʻlib, kaldyerada joylashgan, chuqurligi taxminan 700 metr. Barðarbungadan kelayotgan vulqon yoriqlari Askja va Torfajökull vulqonlari bilan bogʻlangan. Vulqon zamonaviy davr davomida uzluksiz otilib turdi. Oxirgi otilish 1910-yilda sodir boʻlgan va iyundan oktabrgacha davom etgan. Keyinchalik bu hududda vaqti-vaqti bilan ahamiyatsiz yerosti silkinishlari kuzatilgan. Taxminan 2007-yildan boshlab vulqonning faolligi yana oʻsishni boshladi.[5][6]

  1. „Vatnajökull National Park“. vatnajokulsthjodgardur.is. Qaraldi: 2022-yil 10-yanvar.
  2. „Vatnajokull: Iceland’s Magnificent National Park and Glacier“. carsiceland.com. Qaraldi: 2022-yil 10-yanvar.
  3. „Vatnajökull National Park on World Heritage List“. icelandmonitor.mbl.is. Qaraldi: 2022-yil 10-yanvar.
  4. „The highest mountain in Iceland re-measured“. vatnajokull.com. Qaraldi: 2022-yil 10-yanvar.
  5. „Volcanic system: Bárðarbunga system“. vedur.is. Qaraldi: 2022-yil 10-yanvar.
  6. „Reduction of the access controlled area north of Vatnajökull“. vedur.is. Qaraldi: 2022-yil 10-yanvar.