Kontent qismiga oʻtish

Vaxdatul-mavjud

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vahdatul-mavjud (arab. وحدة الموجود mavjudot birligi). Milodiy birinchi asrlardan boshlab, turli davrlarda turfa diniy-falsafiy ta’limotlar tarkibida mavjud boʻlgan qarashlar majmuasi.

Vaxdatul-mavjud moddiy olam Xudo vujudida mavjud, biroq Xudo olamga singib ketgan emas (panenteizm) degan gʻoyani ilgari suradi. Unga koʻra, Xudo koinot qamrab olgan barcha narsalarda (ajzo) mavjud, shu bilan birga ulardan tashqari mavjuddir. Xudo koinotni qamrab olgan, ammo koinot Xudoni qamrab ola olmaydi. A’zo egasi a’zoni anglay olgani holda, a’zo oʻz egasini anglay olmagani kabi, Xudo koinotni anglaydi, ammo koinot uni anglay olmaydi.

Vaxdatul-mavjud qarashlari «vaxdatul-vujud» ta’limotiga yaqin turadi. Vaxdatul-mavjudning Vahdatul-vujuddan asosiy farqi Xudoning moddiy olamdan tashqarida ham mavjud ekani toʻgʻrisidagi qarashlar hisoblanadi.

Oʻrta asr manbalarida vaxdatul-mavjudni “hululiya”, vahdatul-vujud esa “vujudiya” deb ajratilgan. Oʻrta asrlarda shialarning e’tiqodiy qarashlari va botiniy ta’limotlari (irfon) hamda tasavvufiy-falsafiy qarashlarga katta ta’sir koʻrsatgan. Jumladan, Haydar Omuliy va Mulla Sadra qarashlari aslida Ibn Arabiy gʻoyalari ostida shakllangan boʻlsada, ularda vaxdatul-mavjud gʻoyalari koʻproq aks etiriladi. XVII asr oxirlariga kelib (Rabboniy islohoti) tasavvufiy doiralarda ta’limotga qiziqish pasaygan.

Hozirda bu tushuncha bektoshiya va Inoyat Xon asos solgan “Universal sufiylik” tariqati gʻoyalariga yaqin hisoblanadi[1].

  1. Usmonov, Olimov, Yo'ldashxo'djayev, Faxriddinov, To'ychiyeva, Jabborov, Cho'tmamatov, Rahimov, Komiljonova, Karimova, Nurmuhammedov, Erkaboyeva, Jurayev 2015, s. 63.
  • Usmonov I, Olimov S, Yo'ldashxo'djayev H, Faxriddinov Z, To'ychiyeva N, Jabborov N, Cho'tmatov J, Rahimov K, Komiljonova Z, Karimova S, Nurmuhammedov D, Erkaboyeva F, Jurayev O Turdiyeva D.. Tasavvuf atamalari. Movarounnahr nashriyoti, 2015 — 360-bet. ISBN 978-9943-12-346-5.