Vaxtang VI
Qiyofa
Vaxtang VI (1675-1737, Astraxon) — Kartli noibi, soʻngra podshosi (1703—24). Gruzin yozuvchisi, olim va siyosiy arbob. V. VI "Qonunlar toʻplami"(Vaxtang qonunlari) degan toʻplam,davlatni boshqarish uchun koʻrsatmalar va yoʻllanmalar toʻplami (Dasturulamal) tuzgan. 1709 yilda V. VI tashabbusi bilan Tbilisida 1-gruzin bosmaxonasi tashkil qilingan, Gruziyaning 14—18-asrlardagi tarixini yaratish uchun olimlardan iborat guruh tuzgan. 1724 y. eronliklar tomonidan taxtdan agʻdarilgan. Rossiyada muhojirlikda yashagan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |