Kontent qismiga oʻtish

Veb-kamera

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Small box with a lens inside
1080p oʻlchamdagi fotosuratlar va videolarni suratga oladigan kichik veb-kamera

Veb-kamerakompyuter va kompyuter tarmogʻlarida maʼlumotlarni yozib olish uchun moʻljallangan videokamera. Birinchi navbatda, IP telefoniya, jonli uchrashuvlar, ijtimoiy media va xavfsizlik sohalarida qoʻllanadi. Veb-kameralar, asosan, kompyuter va periferik qurilmalarga oʻrnatilgan boʻladi. USB yoki simsiz internet protokollari yordamida qurilmaga ulanadi. Veb-kameralardan Internet tarmogʻida 1993-yildayoq foydalanila boshlandi. Ushbu sohadagi ilk keng tarqalgan tijorat 1994-yilda paydo boʻldi. Internetda veb-kameradan foydalanish sifati veb-saytlarga uzatiladigan statsionar kadrlar soni bilan cheklangan. 1990-yillarning oxiri va 2000-yillarning boshlarida tezkor xabar almashinuv dasturlari veb-kameralarni oʻzida qoʻllay boshladi va veb-kameraning video aloqalardagi ahamiyatini koʻrsatib berdi. Shuningdek, koʻplab kompyuter ishlab chiqaruvchilari veb-kameralarni noutbuk tashqi korpusiga integratsiya qilishni boshladi. 2020-yilda COVID-19 pandemiyasi tufayli masofaviy ishlaydigan insonlar soni ortishi tufayli veb-kameralar tanqisligi muammosi kelib chiqdi.

Dastlabki texnologiyalar (1990-yillar)

[tahrir | manbasini tahrirlash]
XCoffee dasturida suratga olingan kofe qaynatgich

Ilk marotaba, 1991-yilda chiqarilgan veb-kamera Cambridge universiteti kompyuter fanlari kafedrasining Trojan xonasidagi kofe qaynatgichga yoʻnaltirildi. Biroq kamera faoliyati 2001-yil 22-avgustda toʻxtatildi. Hozirda, kamera tomonidan olingan barcha tasvirlarni uning veb-sahifasida koʻrish mumkin[1]. San-Fransisko Davlat Universitetining FogCam kamerasi 1994-yildan to hozirgacha ishlab kelmoqda[2]. Ushbu kamera tasvirlarni har 20 soniyada uzatadi.

2000 – 2019-yillar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

XXI asr boshlarida veb-kameralar noutbuk va shaxsiy kompyuterlar monitoriga integratsiya qilindi, bu esa tashqi USB port yoki FireWire kabelidan foydalanish zaruratini yoʻq qildi. 2012-yilda 100 AQSH dollaridan kamroq narxda uch oʻlchamli veb-kameralar sotuvga chiqarildi, u uch oʻlchamli formatda 1280×480 pikselgacha boʻlgan video va fotosuratlarni yoza oladi. Tasvirlarni joʻnatuvchi va qabul qiluvchi foydalanuvchi ham uch oʻlchamli tasvirlarni koʻrish uchun 3D koʻzoynakdan foydalanishi kerak[3].

2020-yildan hozirgi kunga qadar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Veb-kameralar masofaviy ishlash uchun eng kerakli qurilma hisoblanadi. Oʻrtacha darajadagi noutbukning kamerasi bilan past sifatdagi videolar yozib olinadi. COVID-19 pandemiyasi davrida veb-kameralar tanqisligi yuzaga keldi[4]. Pandemiyadan oldin va pandemiya davrida noutbuklar oʻsha davrdagi smartfon va televizorlarda qoʻllangan 1080p yoki 4K standartlaridan farqli ravishda, eng yaxshi 720p yozish sifatiga ega kameralar bilan ishlab chiqarildi[5].

Tasvir sensori

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Veb-kamera CCD tasvir sensori

Tasvir sensorlari CMOS yoki CCD turida boʻlishi mumkin, birinchi turi arzon narxdagi kameralarda qoʻllanadi. Koʻpchilik veb-kameralar sekundiga 30 kadr tezlikda VGA rezolyutsiyali videolar yozib olishga qodir.

S-mount linzalari, veb-kamerani PCBga ulash uchun foydalanilgan

Hozirda turli xil linzalar mavjud boʻlib, isteʼmolchilar talabidagi hamyonbop veb-kameralar plastik linzalardan iborat boʻlib, kamerani fokuslash uchun ichkariga va tashqariga yoʻnaltiriladi. Shuningdek, aniq fokusli linzalar ham mavjud boʻlib, ularda fokusni sozlash imkoniyati yoʻq. Veb-kameralar turli xil joylashuv va koʻrish burchagiga ega boʻlishi mumkin. Ofislar va jonli efir uchun 90° dan kamroq burchakdagi gorizontal FOVdan foydalanish mumkin. 360° gacha gorizontal FOVga ega veb-kameralar kichik va oʻrtacha kenglikdagi xonalar uchun foydalanilishi mumkin. Foydalanuvchi xohishiga qarab, veb-kameralar butun xonani yoki umumiy maydonni koʻrsatadi.

Maxfiylik muammolari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
see caption
Begonalar kuzatuvidan himoyalanish maqsadida noutbuk kamerasiga yopishtirilgan qogʻoz parcha

Koʻpgina aygʻoqchi dasturlar hakerlarga veb-kameralarni foydalanuvchi ruxsatisiz faollashtirishga imkon beradi. Jumladan jonli video va audio maʼlumotlar hakerlarga joʻnatiladi. Bunda foydalanuvchilarning maxfiyligi va xavfsizligiga xavf tugʻiladi[6]. Bu koʻplab noutbuklar uchun jiddiy muammo hisoblanadi, chunki bunday hujumlar Trojan Horse yoki shu kabi josuslik dasturlari tomonidan amlaga oshirilgan boʻlsa, hujumlarni toʻxtatib boʻlmaydi. Hozirda, koʻplab kompaniyalar foydalanuvchilarga kamera linzalarini yopish uchun qopqoqlar va stikerlar sotadilar[7]. Bunday kompaniyalar 2013-yildan 2016-yilgacha 250 000dan ortiq shunday turdagi mahsulotlarni sotishgan[7]. Biroq, ularning oʻrniga istalgan turdagi noshaffof materiallardan ham foydalanish mumkin[7].

  1. „Trojan Room Coffee Pot – SPIEGEL ONLINE“. 2015-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 29-iyul.
  2. „'World's oldest webcam' to be switched off“. BBC News (2019-yil 20-avgust). 2019-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 20-avgust.
  3. Lanxon, Nate. „3D photos: Minoru 3D webcam hands-on“. CNET (2009-yil 16-iyul). 2010-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  4. „Webcams have become impossible to find, and prices are skyrocketing“. The Verge (2020-yil 9-aprel). 2021-yil 19-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-may.
  5. „Best webcams 2021: Top picks for working from home“. TechRadar (2021-yil 5-avgust). 2021-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-may.
  6. Gray, Leon. Virtual crime! : solving cybercrime. Berkeley Heights, NJ: Enslow Publishers, 2009. ISBN 978-0766033764. Qaraldi: 2020-yil 11-oktyabr. 
  7. 7,0 7,1 7,2 Yadron. „Why is everyone covering up their laptop cameras?“. the Guardian (2016-yil 6-iyun). 2019-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 13-iyun.