Kontent qismiga oʻtish

Veber

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Veber — aka-uka nemis olimlari; 1) Ernst Genrix (1795-1878) - nemis anatomi va fiziologi. Leypsig universiteti prof. (1818). Eksperimental psixologiya asoschilaridan biri. Sezgi aʼzolari (eshitish, koʻrish, teri sezgilari) fiziologiyasi sohasidagi ilmiy tadqiqot ishlari Veber-Fexner qonuniga asos boʻldi; 2) Vilgelm Eduard (1804— 1891) — nemis fizigi. Peterburg FA xorijiy muxbir aʼzosi (1863). Ilmiy ishlari elektr va magnetizm hodisalariga oid; K. F. Gauss bilan hamkorlikda elektr va magnit birliklari mutlaq tizimini ishlab chiqqan. Magnit oqimining birligi uning nomi bilan ataladi. V. elektr zaryadi va modda elektr tuzilishi uzluklilik harakteriga ega ekanligi haqidagi gipoteza mualliflaridan biri. Harakatdagi zaryadlarning oʻzaro taʼsir qonunini kashf qilgan. Bir qancha oʻlchov asboblarini (mas., magnit induksiyasi oqimini oʻlchaydigan asbobni) yasagan, Germaniyadagi birinchi telegrafii kurgan (1833); 3) Eduard (18061871) -fiziolog. Muskulning kuchi uning koʻndalang kesim yuzasiga teng ekanligini, tomir urishi toʻlqinlarining tarqalish tezligini aniqlagan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil