Veblen Torsteyn

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

VEBLEN (Veblen) Torsteyn (1857.30.7, AKSH Viskonsin shtati — 1929.3.8, Kaliforniya shtati, MenloParka) — amerika iqtisodchisi va sotsiologi. Chikago, Stanford, Missuri untlarida iqtisodiyot prof. Gʻarb siyosiy iqtisodida institutsionalizmning asoschilaridan biri. U ijtimoiy darvinizm tarafdori. V.ning fikricha, moddiy i.ch. ijtimoiy hayotning asosi sanaladi, jamiyatni rivojlantirishda texnik intelligensiya muhim oʻrin tutadi. V. gʻoyalari texnokratik nazariyalarda keng foydalanilgan. Har qanday jamiyatni sanoat mashinasi tarzida, iqtisodiy institutlarni uning tarkibiy qismlari tarzida qaraydi. V. tarix asosiy ikki sinf — muomala sohasida ish koʻradigan biznesmenlar va moddiy i.ch.ni tashkil etuvchi sanoatchilar oʻrtasidagi kurashdan iborat deb qaraydi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil