Kontent qismiga oʻtish

Veche

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Veche — qadimgi va oʻrta asr Rus davlatidagi Xalq majlisi (X—XIV asrlar). Unda muhim jamoat ishlari muhokama etilgan va hal qilingan. XI—XII asr 2-yarmida rus shaharlarida knyaz hokimiyati susayishi munosabati bilan Vechening faoliyati kuchaygan. Veche urush va tinchlik masalalarini hal etgan, knyazlarni chaqirtirgan va haydagan, qonunlar qabul qilgan, boshqa mamlakatlar bilan bitimlar tuzgan va boshqalar. Novgorod, Pskov va Vyatka yerida XV asr oxiri — XVI asr boshlarigacha saqlanib qolgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil