Vegetatsion usul
Vegetatsion usul - oʻsimliklar agrokimyosi va fiziologiyasiga oid ilmiy tadqiqot ishlarida qoʻllaniladigan lab. usullaridan biri; vegetatsion idishlarga oʻtqazilgan oʻsimliklarni vegetatsion uy, issiqxona, oranjeriya, fitotron va b.da oʻstirish. V. u. yordamida oziq moddalarning fiziologik roli, ularning oʻsimliklarga kirib borishi, muhit reaksiyasining (rN) ahamiyati, sugʻorish normasi, oʻsimlikning oziq eritmasi konsentratsiyasi, temperatura, kimyoviy himoya vositalari, gerbitsidlarga munosabati oʻrganiladi, shuningdek tuproqqa solinadigan turli xil oʻgʻitlar sinab koʻriladi. Oʻsimlik qanday muhitda (suv, qum, tuproq) oʻstirilishiga qarab V. u.ning bir necha asosiy koʻrinishlari mavjud: yuksak oʻsimliklar bilan tajribalarni suv, qum va tuproqli muhitda oʻtkazish mumkin. Koʻpchilik tadqiqotlarda oʻsimlik tabiiy sharoitga yaqin boʻlgan substratda oʻstirilishi maqsadga muvofiq. Substrat biologik jihatdan inert boʻlishi lozim, shunda olinadigan natija aniq boʻladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |