Kontent qismiga oʻtish

Vektor

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vektor - koʻp maʼnoli termin; yoʻnalishi hamda miqdori orqali ifodalanuvchi kattalikdir.

Vektor — toʻgʻri chiziqning yoʻnalishga ega boʻlgan kesmasi. Bu kesma uchlaridan biri V.ning boshi, ikkinchisi esa oxiri boʻladi. Boshi bilan oxiri ustma-ust tushgan V.nol vektor deyiladi. V., odatda, qora harflar yoki ustiga strelka qoʻyilgan oddiy harflar bilan koʻrsa-tiladi, mas., boshi A nuqtada, oxiri V nuqgada boʻlgan V. bunday belgilanadi: yoki aʼ yoki yoxud a., matematika va mexanikaning faqat son bilan emas, balki yoʻnalish bilan ham ifodalanadigan miqdorlarni tekshiruvchi masalalari V. tushunchasiga olib keladi. Mas., kuch, tezlik V. miqdorlardir. Uzunligi teng boʻlib, yoʻnalishi bir xil boʻlgan ikki V. bir-biriga teng boʻladi. Aytib oʻtilgan V. miqdorlar-dan siljish, tezlik, tezlanish kabilarni fazoning istalgan nuktasidan chiqqan V. bilan tasvirlash mumkin. Bunday V. miqdorlar erkin vektorlar deyiladi. Kuch, burchak tezlik singari V. miqdorlarni toʻla aniqlash uchun ularning son qiymatlari, yoʻnalishlaridan tashqari yana taʼsir chiziqlarini ham bilish zarur (mas., kuchni faqat shu kuch yoʻnalishi boʻyicha koʻchirish mumkin). Bunday V. miqdorlar sirpanuvchi vektorlar deyiladi. Fazoda biror O nuqga maʼlum boʻlsa, shu nuktaga nisbatan fazodagi boshqa istalgan nuqta, mas., M nuqta vaziyatni OM=g bilan aniqlash mumkin. g vektor M nuqtaning radius vektori deyiladi. Tekislik yoki fazodagi har qanday V.ni koordinatalar boshidan chiqqan deb hisoblash mumkin. Shu sababli, V. uchining vaziyati koordinatalar bilan aniqlanadi. Shunga koʻra, har qanday V. tekislikda ikkita (x,x2), fazoda uchta (lg ,*^) va oʻlchovli fazoda p ta (xt,xv...,x^ son bilan aniqlanadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil