Kontent qismiga oʻtish

Vena davlat operasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vena davlat operasi (Wiener Staatsoper) — Yevropadagi yetakchi opera teatrlaridan. Avstriya musiqa madaniyatining yirik markazi. 1918-yildan hozirgi nomda. 17-asrning oʻrtasida saroy operasi sifatida tashkil toptan. 18-asrning ikkinchi yarmida V. d.o. zaminida milliy opera uslubi shakllangan. 19-asrda mazkur teatrda nemis, avstriya, italyan va fransuz komlozitorlari (L. Betxoven, K. Veber, J. Rossini, J. Verdi, R. Vagner, Sh. Guno va b.) asarlari sahnalashtirilgan, 20-asrda mumtoz operalar bilan birga zamonaviy kompozitorlar asarlari qoʻyildi (K. Orf, P. Xindemit, F. Pulenk, I. Stravinskiy va b.). V. d. o.da Avstriya va Yevropa mamlakatlari yetakchi xonandalari, dunyoga mashhur dirijyorlar (B. Valter, O. Klemperer, V. Furtvengler, L. Bernstayn, G. Karayan va b.) faoliyat koʻrsatgan. Hoz. binosi 1869-yilda qurilgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil