Kontent qismiga oʻtish

Vengerka

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vengerka – serhosil olxoʻri navi. Vatani Gʻarbiy Yevropa. Oʻzbekistonda va Turkmanistonda ekiladi. Daraxti oʻrtacha oʻsadi, balandligi 4-5 m. Bargi yirik, gullari yirik, oq, xushboʻy. Oʻzidan changlanadi. Mevasi yirik (45-50 g), toʻq binafsha rangda. Eti tigʻiz, shirin, xushxoʻr. Tarkibida 17,2% qand, 1% kislota, karotin, S vitamini bor. Sugʻoriladigan maydonlarda yaxshi hosil beradi. Koʻchati ekilgandan keyin 5-yili hosilga kiradi. Bir tupi 130 kg gacha meva beradi. 30 yilgacha yaxshi hosil qiladi. Zararkunanda va kasalliklarga chidamli nav. Aprel oʻrtalarida gullaydi, mevasi avgust oxirlarida pishadi. Oʻzbekistonning hamma viloyatlarida ekiladi. Mevasi yangiligida yeyiladi, qoqi solinadi, kompot, murabbo tayyorlanadi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil