Vertikal (kosmik zond)
Qiyofa
"VERTIKAL" — kosmik zond. Yer atmosferasi yuqori qatlamlarini va Yer atrofi kosmik fazosini tadqiq qilish uchun uchirilgan kosmik apparat. 1967-yil 12- oktabrda uchiruvchi raketa yordamida 4400 km balandlikka chiqarilgan. Asosiy maqsadi: ionosfera (elektronlar va musbat zaryadlangan ionlar konsentratsiyasi, elektronlar temperaturasi)ning balandlik boʻyicha taqsimlanishini, kosmik nurlarning umumiy intensivligini, neytral vodorodning zichligini hamda radiatsiya mintaqalaridan oʻtishda turli himoya qatlamlaridan oʻtgan radiatsiya dozasining pasayishini aniqlash boʻlgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |