Vesna Vulović
Qiyofa
Vesna Vulović (talaffuzi: Vesna Vulovich; serb. kirillchasida Весна Вуловић; 1950-yil 3-yanvarida tugʻilgan) serbiyalik sobiq stuardessa, eng baland nuqtadan yerga yiqilgan va tirik qolganligi uchun Guinness Rekordlar Kitobiga kiritilgan rekordchidir. U 1972-yili 26-yanvarda hozirgi Chexiya (u paytda Chexoslovakiya) hududida roʻy bergan JAT 367 reysli tayyora halokati natijasida 10 160 metr balandlikdan qulab tushgan.[1][2] Bosh chanogʻi, oyoqlari va umurtqasi singanligiga qaramay, Vesna tirik qoldi va bir necha oy kasalxonada davolanib chiqdi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Mythbusters: Escape Slide Parachute (Story of Vesna Vulović) (Wayback Machine saytida 2010-06-17 sanasida arxivlangan)(ingl.)
- ↑ Interview with Vesna Vulović (Wayback Machine saytida 2008-01-08 sanasida arxivlangan)(ingl.)
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Vesna's Fall (ingl.)