Veto
Veto (lot. veto — taqiqlayman) — rivojlangan davlatlarda bironta organ, tashkilot qonuni yoki qarori-ning kuchga kirishini toʻxtatish yoki kuchga kirishiga yoʻl qoʻymaslik huquqi. Davlat boshligʻi qonun chiqaruvchi parlament, oliy majlis qabul qilgan qonunlar boʻyicha V. huquqiga ega. Mutlaq V.— davlat boshligʻining parlament qabul qilgan qonunni uzil-kesil rad qilish huquqi; nisbiy V.— davlat boshligʻining qonun kuchga kirishini faqat toʻxtatib qoʻyadigan rad javobi; bunda parlamentga mazkur qonunni 2-marta ovozga qoʻyish bilan qabul qilish huquqi beriladi; umumiy V.— butun hujjatni yaxlit holda rad etish imkoni; qisman V.— biron-bir hujjatning ayrim qismlari yoki moddasigina rad qilinishi. Baʼzan parlamentning yuqori palatasi ham quyi palataning qarorini taqiqlashda V. huquqidan foydalanadi. Xalqaro huquqda: BMT Ustavining 27-moddasiga binoan BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy aʼzolari V. huquqiga ega. Xavfsizlik Kengashida muhokama qilinadigan masalalar Kengash aʼzolarining bir fikrda boʻlishini talab qiladi. Ulardan birortasi muhokama qilinayotgan qarorning qabul qilinishiga rozilik bildirmasa, qaror rad qilingan hisoblanadi. Mana shunaqa gaplar...
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |