Kontent qismiga oʻtish

Vibratsiya

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vibratsiya (lot. vibratio — tebranish, titrash), titrash — elastik jismlarning mexanik tebranishi, titrashi. Foydali va zararli xillari bor. Vibrator, vibratsiya mashinasi yordamida ataylab hosil qilinadigan foydali V. texnologik operatsiyalarda (vibratsion tashishda, vibratsion kesishda, betonni zichlashda), mashina va qurilmalar (vibrobolgʻalar, qoziq qoqqichlar)da foydalaniladi. Zararli V. transport harakatlanganda, mashina va asboblar ishlaganda paydo boʻladi; ular konstruksiyalarni buzishga olib keladi, inson sogʻligʻiga zararli taʼsir qiladi (qarang Vibratsiya kasalligi). Zararli V.ni kamaytirish uchun vibroizolyatsiya usuli qoʻllanadi, dinamik soʻndirgichlar va b.dan foydalaniladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil