Kontent qismiga oʻtish

Vibroizolyatsiya

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vibroizolyatsiya - odamlar va inshoot, mashina, asboblarni titrash (vibratsiya)ning zararli taʼsiridan himoya qilish. Bunda titrash manbai bilan himoya qilinayotgan obyekt orasiga titrashlar energiyasini yutadigan, yaʼni titrashlarni yumshatadigan moslama yoki qurilma — dempferlar qoʻyish orqali amalga oshiriladi. Odatda, passiv V. qoʻllanadi. Bunday hollarda titrash manbaI taʼsirida deformatsiyalanuvchi oraliq element vibroizolyator vazifasini bajaradi. Muhim hollarda past chastotali vibratsiyani (sekinroq titrashlarni) kamaytirish uchun aktiv V. qoʻllanadi. Bunda elastik elementlarning deformatsiyalanishini avtomatik rostlash tizimi boshqaradi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil