Kontent qismiga oʻtish

Vibromaydon

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vibromaydon — qurilish maydonlari va zavodlar sharoitida beton va temir-beton buyumlar (mas., bloklar, plitalar, devor panellari, koʻp gʻovakli toʻshamalar, koʻpriklarning qulochlari elementlari) tayyorlashda beton qorishmalarni zichlovchi titrama mashina. Tebranish tarziga koʻra doiraviy, vertikal, gorizontal yoʻnalishda titraydigan va zarbiy xillarga, tuzilishiga koʻra romli va blokli xillarga boʻlinadi. Titrashlar V.dan unga mahkamlangan, ichiga beton qorishmasi solingan qolipga uzatiladi. Qolip V.ga elektromagnit, pnevmatik, gidravlik yoki mexanik qisuvchi moslamalar bilan mahkamlanadi (qarang Vibrator).

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil