Victor Lustig
Victor Lustig | |
---|---|
nemischa: Victor Lustig | |
Tavalludi |
4-yanvar 1890-yil Bogemiya, (hozirgi Kralovegradets oʻlkasi) |
Vafoti |
11-mart 1947-yil (57 yoshda) Springfild, Missuri |
Kasbi | Qallob |
Viktor Lyustig (nemischa: Victor Lustig ; 4-yanvar 1890-yil, Hostinne, Bogemiya, (hozirgi Kralovegradets oʻlkasi) – 11-mart 1947-yil, Springfild, Missuri) — firibgar va qallob. Qalloblik yoʻli bilan ikki marta Eyfel minorasini sotishga muvaffaq boʻgan[1].
Biografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Viktor Lyustig burjuaziyaning yuqori qatlamidan chiqqan, yaxshi maʼlumotli va kamida besh tilda ravon gapirgan. 19 yoshida qiz talashib janjalashadi. Ushbu mushtlashuvdan soʻng, Viktorning – chap koʻzidan chap qulogʻigacha chandiq qoladi. Oʻrta maktabni tugatgach, u turli mayda jinoyatlar uchun qamoq jazosini oʻtagan.
Birinchi jahon urushidan oldin Lyustig transatlantik laynerlarda qimor oʻynab pul ishlagan, shuningdek, dollar ishlab chiqarish uchun maʼlum bir qurilmani sotgan. Urush boshlanishi bilan bu daromad manbaidan quriq qoladi. 1920-yilda Viktor Lyustig Qoʻshma Shtatlarga sayohat qiladi va u yerda oʻzini graf Viktor Lyustig deb tanishtiradi. U butun umri davomida oʻz ismini oʻnlab marta oʻzgartiradi. Birgina Qoʻshma Shtatlarda u 50 marta hibsga olingan va har bir hibsga olishdan keyin dalil yoʻqligi sababli qoʻyib yuborilgan. Viktoraristokratik xulq-atvorga ega boʻlgan yaxshi psixolog boʻlib, oʻzining firibgarlik qobiliyatlarini yanada mukammallashtiradi va hattoki Al Kaponeni ham aldashga muvaffaq boʻladi. 1925-yilda Lyustig Eyfel minorasini parijlik tadbirkor Andre Puassonga yopiq kimoshdi savdosida sotishga muvaffaq boʻladi. U minorani taʼminlab turishga hukumatda maglagʻ yoʻqligi sabab hukumat uni metallalomga berib yubormoqchiligini aytib, ushbu minorani sotish jarayonini amalga oshiruvchi hukumatning maxfiy agenti ekanligiga ishontiradi[2]. Aldangan savdogar odamlar oldida izza boʻlishidan qoʻrqib politsiyaga xabar bermaydi. Firibi ish bergan Lyustig yana oʻsha nayrangni takrorlaydi. Biroq, yangi xaridor politsiyaga murojaat qiladi va firibgarlik fosh etiladi. Lekin Viktor AQShga qochishga muvaffaq boʻladi.
Qoʻshma Shtatlarga qochib ketgandan soʻng, Lyustig qalbaki pul ishlab chiqaruvchi firibgarga aylanadi. Koʻplab yolgʻonlari va hatto suddan bir kun oldin hibsdan qochib ketgani uchun, Lyustig 20 yillik qamoq jazosiga hukm qilinadi va Alkatrazga qamaqxonasida hukmni oʻtaydi. 1947-yil 11-martda Lyustig pnevmoniyadan vafot etadi.
Kino
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Ajoyib firibgarning halokatli xatosi“: rejissyor Marina Kolbeshkina, 2009 yil, „Golos TV“
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Eyfel minorasini sotgan firibgar – tarixdagi eng mashhur aldovlar“. kun.uz. Qaraldi: 3-dekabr.
- ↑ Gwendoline Dos Santos, Frédéric Lewino. „13 mars 1925. Le jour où un arnaqueur vend la tour Eiffel !“ (fr). Le Point (2012-yil 13-mart). 2019-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 5-sentyabr.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Jeyms Frensis Jonson: Der Mann, der den Eiffelturm verkaufte, Heyne-Verlag, 1964, ISBN B0000BJTY7