Victor Wanyama

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Victor Wanyama
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Victor Mugubi Wanyama[1]
Tavallud sanasi 25-iyun 1991-yil (1991-06-25) (32 yosh)[2]
Tavallud joyi Nayrobi, Keniya
Boʻyi 1.88 m[3]
Ampluasi yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
CF Montréal
Raqami 2
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2006—2008 JMJ Youth Academy
2006 Nairobi City Stars
2006—2007 AFC Leopards
2007—2008 Helsingborg
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2008—2011 Beerschot 51 (2)
2011—2013 Celtic 61 (10)
2013—2016 Southampton 85 (4)
2016—2020 Tottenham Hotspur 69 (6)
2020— CF Montréal[lower-alpha 1] 80 (5)
Milliy terma jamoa
2007—2020 Keniya 64 (6)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(9-oktabr 2022-yil uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (15-noyabr 2020-yil uchun)

Victor Mugubi Wanyama (talaffuzi: Viktor Mugubi Vanyama; 1991-yil 25-iyunda Nayrobida tugʻilgan) — keniyalik futbolchi, „Foot Montréal“ futbol klubi va Keniya terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻrta maktabni tugatgach, Victor Wanyama uch yil davomida „JMJ“ sport maktabida tahsil oldi, shu vaqt ichida u Keniya premyer ligasidagi „AFC Leopards“ jamoasida toʻp surgan. 2007-yilda u Shvetsiyaning „Helsingborg“ futbol klubiga qoʻshildi, ammo 2008-yilda akasi MacDonald „Parma“ futbol klubiga oʻtgani sababli u ham jamoani tark etdi.

2008-yilning yozida Wanyama „Beerschot“ futbol klubi bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi. Yosh yarim himoyachining Belgiya chempionatidagi debyuti 2008—2009-yilgi mavsum oxirida boʻlib oʻtdi. 2009-yilning sentabrida u Matías Suárezga nisbatan qoʻpollik qilgani uchun 100 yevro jarimaga tortilgan va uch oʻyinga diskvalifikatsiya qilingan[4].

2010-yilning yozida Shotlandiya premyer ligasining „Celtic“ futbol klubi Victor Wanyama bilan shartnoma imzolashga urinib koʻrdi, ammo „Beerschot“ jamoasi futbolchini qoʻyib yubormadi. Shuningdek, Wanyama Moskvaning „CSKA“ futbol jamoasiga ham qiziqish bildirgan[5]. 2010-yilning 11-dekabrida „Westerlo“ futbol klubiga qarshi oʻyinning 77-daqiqasida u „Beerschot“ futbol klubi safidagi birinchi golini urdi. 2011-yilning aprel oyida u „Kortrijk“ futbol klubi futbolchisiga tirsagi bilan zarba bergani uchun yana uch oʻyinga diskvalifikatsiya qilingan[6].

2016-yil 23-iyun kuni Angliya premyer ligasining „Tottenxem“ futbol klubi 11 million funt evaziga Victor Wanyama bilan 5 yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qildi[7][8].

2020-yilning 3-martida Wanyama 3 yillik shartnoma asosida MLSning „Monreal Impact“ futbol klubiga qoʻshildi[9][10]. U Kanadaning „Monreal Impact“ klubidagi debyutini 2020-yil 10-mart kuni CONCACAF-2020 Chempionlar Ligasi chorak finalining birinchi oʻyinida Gondurasning „Olympia“ futbol klubiga qarshi oʻtkazdi. 2020-yil 9-sentabrda „Toronto“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u „Monreal Impact“ futbol jamoasi tarkibidagi birinchi golini urdi[11].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Wanyama Keniya terma jamoasidagi debyutini 2007-yilning may oyida, 15 yoshida Nigeriyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida oʻtkazdi. Bu oʻyin FIFAning rasmiy oʻrtoqlik uchrashuvi boʻlmagan va futbolchining statistikasiga kiritilmagan. Hozirda Victor Wanyama terma jamoa safida 44 ta oʻyin oʻtkazib, 4 ta gol urishga erishgan. Shuningdek, 2010-yilgi jahon chempionati saralash bosqichidagi oltita oʻyinda ishtirok etgan.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Wanyama sportchilar oilada tugʻilgan. Uning akasi MacDonald Mariga ham futbolchi hisoblanadi. Uning otasi Noa Wanyama 1980-yillarda „AFC Leopards“ jamoasida oʻynagan, singlisi esa professional basketbolchi sifatida tanilgan[12].

Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa Mavsum Liga Kubok Liga kubogi Yevropa

chempionati

Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Beerschat AC 2008—2009 1 0 1 0
2009—2010 19 0 1 0 20 0
2010—2011 30 2 4 0 34 2
Jami 50 2 5 0 55 2
Celtic
2011—2012 29 4 4 0 4 0 5 0 42 4
2012—2013 32 6 5 1 2 0 10 2 49 9
Jami 61 10 9 1 6 0 15 2 91 13
Southampton
2013—2014 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
Jami 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
Umumiy faoliyatida 111 12 14 1 6 0 15 2 146 15

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „List of players under written contract transferred between 01/07/2016 and 31/07/2016“ (PDF). The Football Association. Qaraldi: 20-noyabr 2019-yil.
  2. „Victor Wanyama“. Goal.com. Qaraldi: 2015-yil 12-fevral.
  3. „Victor Wanyama“. Soccerbase. Qaraldi: 23-sentabr 2018-yil.
  4. „Wanyama suspendu trois matchs“ (fransuzcha). footgoal.net. 2012-yil 7-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-avgust 2010-yil.
  5. Sovetskiy Sport: TsSKA zainteresovalsya poluzaщitnikom „Jerminalya“ Vanyamoy19-avgust 2010
  6. „Wanyama poursuivi“ (fransuzcha). footgoal.net. 2012-yil 7-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-aprel 2011-yil.
  7. „Wanyama transfer completed“ (inglizcha). Official Spurs Website | Tottenham Hotspur (23-iyun 2016-yil). 4-iyun 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-oktabr 2019-yil.
  8. „Victor Wanyama: Tottenham sign Southampton midfielder on five-year deal“ (inglizcha). BBC Sport (23-iyun 2016-yil). 17-fevral 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-oktabr 2019-yil.
  9. „Midifielder Victor Wanyama joins the Impact as Designated Player“ (inglizcha). Montreal Impact (3-mart 2020-yil). 2020-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-mart 2020-yil.
  10. „Impact lands midfielder Victor Wanyama in transfer from Tottenham“ (inglizcha). Montreal Gazette (3-mart 2020-yil). 3-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-may 2021-yil.
  11. Herb Zurkowsky. „Late goal by Altidore carries Toronto FC to critical victory over Impact“ (inglizcha). Montreal Gazette (9-sentabr 2020-yil). 3-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-may 2021-yil.
  12. „Mercy Wanyama secures Kshs.20Million scholarship package“ (inglizcha). MichezoAfrika (6-avgust 2011-yil). 4-yanvar 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-yanvar 2019-yil.


Manba xatosi: <ref> tags exist for a group named "lower-alpha", but no corresponding <references group="lower-alpha"/> tag was found