Victorinox
Sobiq nomi | Messerfabrik Carl Elsener |
---|---|
Turi | biznes |
Qachon asos solingan |
1884 2 January 1979 (as Victorinox AG) | (Messerfabrik Carl Elsener sifatida)
Hududiy xizmati | Worldwide |
Asoschi(lari) | Karl Elsener |
Rahbariyat | Karl Elsener Jr. (Kompaniya prezidenti, Bosh ijrochi direktor) |
Mahsulot(lar)i | Shveysariya harbiy pichoqlari, oshxona anjomlari, soatlar, sayohat anjomlari, kiyim-kechak, atir |
Aylanma daromadi | 510 million Shveysariya Franki (2014)[1] |
Ishchilar soni | 1,850 (2014)[2] |
Boʻlinmalari |
|
Shoʻba korxonalari | Wenger SA |
Vebsayti | victorinox.com |
Victorinox – Shveysariyaning Shvits okrugidagi Ibach shaharchasida joylashgan pichoq va soat ishlab chiqaruvchisi. Kompaniya Shveysariya harbiy pichoqlari bilan mashhur. 2005-yilda raqobatchisi hisoblangan yana bir pichoq ishlab chiqaruvchisi Venger kompaniyasini sotib olgach, Victorinox Shveysariya armiyasi uchun koʻp maqsadli pichoqlarning yagona yetkazib beruvchisiga aylanib oldi. Dunyodagi eng yirik choʻntak pichoqlari ishlab chiqaruvchisi boʻlish bilan bir qatorda, kompaniya oʻz logotipini soatlar, kiyim-kechak va sayohat anjomlari uchun litsenziyalagan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Asos solinishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kompaniya 1884-yilda Messerfabrik Carl Elsener, Karl Elsenerning Ibachdagi ustaxonasida tashkil etilgan[6]. Elsener 1891-yilda Shveysariya pichoq ishlab chiqaruvchilari assotsiatsiyasi „Schweizerischer Messerschmiedverband“ga asos solgan va sheriklari bilan Shveysariya armiyasiga pichoq etkazib berishni boshlashgan. 1892-yilda Elsenerning pichoq ustalarini koʻpchiligi Solingen ishlab chiqaruvchilari arzonroq narxda pichoq yetkazib berishlari maʼlum boʻlgach, bu kompaniyani tark etishdi. Elsener esa Solingen bilan raqobat qilishda davom etdi va jiddiy moliyaviy qiyinchiliklarga duch keldi.
Elsenerning „Schweizer Offiziers- und Sportmesser“ pichogʻi 1897-yilda patentlangan, keyinchalik „Original Swiss Army Knife“ (asl Shveysariya Armiya Pichogʻi) sifatida xalqaro miqyosda sotilgan. Ushbu pichoq Shveysariya Qurolli Kuchlari tomonidan qurol sifatida qabul qilinmagan boʻlsada, uning tijoriy muvaffaqiyati kompaniyaga moliyaviy tiklanish imkonini berdi.
1909-yilda onasining vafotidan soʻng Elsener uning sharafiga brendni „Viktoriya“ deb nomladi. Shveysariya gerbidan kompaniya logotipi sifatida foydalanish oʻsha yili boshlangan. 1921-yilda kompaniya oʻzining savdo nomini hozirgi „Victorinox“ ga oʻzgartirdi. Uning qonuniy nomi esa 1979-yilga kelib rasman oʻzgartirildi.
Shveysariya armiyasi tomonidan 1890-2008 yillarda foydalanilgan pichoqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Model 1890
-
Model 1908
-
Model 1951
-
Model 1961 (1994 varianti)
-
Soldatenmesser 2008
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „The 100 biggest employers in central Switzerland“ (Wayback Machine saytida 13 March 2015 sanasida arxivlangan), Neue Luzerner Zeitung, 22. October 2014
- ↑ „Archived copy“. 2015-yil 13-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 8-oktyabr.
- ↑ 3,0 3,1 „10K for Swiss Army Brands, Inc.“. www.sec.gov. Qaraldi: 2022-yil 9-mart.
- ↑ „Victorinox launches airport security friendly laptop bags“. Indian Express. Qaraldi: 2016-yil 9-yanvar.
- ↑ „Contact | Victorinox International“ (en). Victorinox. Qaraldi: 2022-yil 9-mart.
- ↑ Von Marco Lauer. „"Das isch en Draum, do zum schaffe"“ (de). Der Spiegel (2008-yil 2-may).