Videoyozuv
Videoyozuv — televizion, radiolokatsion va b. tasvir hamda tovush signallarini magnit lentaga, diskka (qarang Magnit yozuv) yoki kinolentaga (qarang Fotografik yozuv) yozib olish va qayta koʻrsatish hamda eshittirish. Telekoʻrsatuvlar, videofilmlar, hujjatli va badiiy dasturlarni saqlab qoʻyish va zarur paytlarda tovushli qilib qayta koʻrsatishga imkon beradi. V.dan oʻquv maqsadlarida ham keng foydalaniladi. V.ni videomagnitofon orqali amalga oshirishning signallarni kinolentaga yozib olishdan ancha afzalligi bor, chunki unda plyonkaga ishlov berish, bosib chiqarish va montaj qilishdek murakkab jarayonlarga ehtiyoj boʻlmaydi. Videomagnitofonda dasturni toʻliq, qisman, u yer, bu yeridan koʻrsataverish mumkin. Bir lentaning oʻziga bir necha marta qayta V.ni amalga oshirish mumkin. Hujjatli teledasturlar (reportaj, intervyu, suhbat va b.)ni tayyorlashda V. tomoshabinda "oʻzi ham ishtirok etish" taassurotyni hosil qiladi. V. yordamida "zamon va makon" muammosi ijobiy hal etiladi, chunki u vaqt ham "tanlamaydi", joyni ham "pisand qilmaydi", yaʼni V.ni hamma vaqg , hamma yerda qoʻllash mumkin.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |