Vidit Gujrathi
Vidit Gujrathi | |
Vidit 2024-yilda | |
Tugʻilgan sanasi: | 24-oktyabr 1994-yil |
Tugʻilgan joyi: | Nashik, Hindiston |
Unvoni: | Grossmeyster |
Maksimal reytingi: | 2747 (2024-yil, fevral) |
Vidit Santoj Gujrathi (1994-yil 24-oktabr) — hindistonlik shaxmatchi, grossmeyster.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vidit Gujrathi Nasik shahrida Santosh va Nikita Gujratilar oilasida tugʻilgan. Bolaligidan shaxmat bilan shugʻullanib kelgan[1].
Gujrati 2008-yilda Chennayda boʻlib oʻtgan 45-chi Hindiston shaxmat chempionatida 13 balldan 7 ball toʻplagan holda shaxmat olamida katta hurmatga sazovor boʻladi[2]. 2008-yilda Vidit 14 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha jahon chempionatida gʻolib chiqadi va bu ishni amalga oshirgan birinchi hindistonlik boʻlib tarixga kiradi[3]. Gujrathi mumkin boʻlgan 11 balldan 9 ball toʻpladi va xalqaro master unvoni uchun oxirgi standartni bajargan holda bu unvonga ega chiqdi. 2011-yilda Chennayda oʻtkazilgan shaxmat boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida Vidit 11 ochkodan 8 ochko toʻpladi va shu tariqa oʻzining birinchi grossmeyster normasiga erishadi[4]. 2011-yilgi Nagpur International Open musobaqasida u 11 ochkodan 8 ochko toʻplaydi va gʻolib Ziaur Rahmandan bir ochko ortda qoladi. Ushbu turnirda Vidit ikkinchi grossmeyster normasini bajarishga muvaffaq boʻladi[5]. Vidit oʻzining soʻnggi grossmeyster standartiga 2012-yilda Rose Valley Kolkata Open shaxmat turnirining sakkizinchi bosqichida erishadi va u yerda uchinchi oʻrinni egallaydi[6]. 2013-yilda Vidit Turkiyada oʻtkazilgan shaxmat boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida oʻsmirlar toifasida bronza medalini qoʻlga kiritadi. Vidit FIDE 2020-Onlayn Shaxmat Olimpiadasida oltin medalni qoʻlga kiritgan tarixiy Hindiston jamoasining sardori edi. Gujrathi juda ham koʻp intervyularda jamoaning musobaqa davomidagi ichki holati va jamoa ruhi haqida toʻxtalib oʻtgan. Vidit shuningdek, 2021-yil 1-avgust holatiga koʻra 200 000 dan ortiq obunachiga ega YouTube kanaliga ega.
2023-yilning dekabr oyida Ozarbayjonda boʻlib oʻtgan musobaqada gʻolib chiqdi[7][8].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Aditya Pai. „Behind chess ace Vidit Gujrathi's success are the enormous sacrifices of his parents“ (en). Firstpost (2017-yil 15-iyul). 2017-yil 27-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 26-dekabr.
- ↑ „Velammal 45th National A Chess Championship, 2008“. FIDE. 2014-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 15-dekabr.
- ↑ Manuel Aaron.. „India dominates World Youth championships“. The Hindu (2013-yil 31-oktyabr). 2008-yil 27-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 2-dekabr.
- ↑ „World Junior Chess Championship 2011“. 2013-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-dekabr.
- ↑ „Nagpur International Open 2012“. 2014-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-dekabr.
- ↑ „Four Indians in seven-way lead; Gujrathi is GM“. Hindu (2013-yil 12-dekabr). 2021-yil 28-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-avgust.
- ↑ West (NM_Vanessa), Vanessa „Vugar Gashimov Memorial 2023 Blitz Day 4: Vidit Wins Overall, Rapport Ties For 1st In Blitz“ (en-US). Chess.com (2023-yil 11-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 12-dekabr.
- ↑ „Объявлен победитель Мемориала Вугара Гашимова“ (ru). Azertag (2023-yil 11-dekabr).